Avatara
Qiyofa
Avatara - hinduiylik tushunchasida tangrining inson qiyofasida yerga tushishi hodisasi. Masalan, Hinduiylikda Vishnuning vaqti-vaqti bilan qutqaruvchi tangri sifatida dunyoga tushishi va sharoitga qarab turli shakllarda, yaʼni avatarlarda oʻzini koʻrsatishiga ishoniladi. Vishnuning oʻziga yarasha xilma-xil avataralari mavjud. Ulardan eng mashhurlari “Ramayana” dostoni qahramoni Rama va “Maxabxarata” dostonida vasf etilgan Krishnalardir[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.