Avenarius Rixard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avenarius Rixard(1843.19.11,Parij-1896.18.08,Styurix)-shveysariyalik faylasuf, subyektiv idealist, empiriokrititsizm asoschilaridan biri. Otasining ixtiyori bilan avval o'zini kitob ishiga bag'ishlagan edi, keyinchalik Styurix, Berlin va Leyptsigda falsafa bilan jiddiy shug'ullandi. 1877-yil Styurix universitetiga professor lavozimiga taklif etildi. Shu yilning o'zidayoq Georin,Nayntse va Vundt ishtirokida falsafa jurnalini tashkil etdi va vafotigacha boshqarib bordi.

Asosiy asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Falsafa kam kuch prinsipini asosida dunyo haqidagi o'ylar sifatida"(1876), "Sof tajriba tanqidi"(2 jildlik,1888-90), "Odamni insoniy anglash"(1891), "Prinsipial koordinatsiyalash"ilmini ishlab chiqdi. U o'z vaqtida o'rganilayotgan realistik g'oya va me'yorlarining nazariy tushunchalarini yangicha faylasufona isbotlashga harakat qildi. A.fikricha "Prinsipial koordinarsiyalash" fani jismoniy va ruhiy dualizmni bartaraf qilishga imkon yaratadi.

A.metodologiyasining 1-prinsipini-"C sistemasi" yoki markaziy a'zo va "R sistemasi"(yoki antia'zo)ning uzviy birligi (obyektsiz-subyekt yo'q,subyektsiz-obyekt yo'q). A.mantiqiy qoidalariga asoslangan nazariy umumiy tushuncha chiqarishi mumkin-odam bu hissiyotdir. A.odamni anglashni hissiyotga bog'lab tudhuntirishga harakat qilgan. Nazariy sohada A."Kam o'lchovli prinsipiga asosan fikrlash"ni tavsiya etadi. Metodologik darajadagi A.ning "Prinsipial koordinatsiyalash"ilmi o'sha davrdagi tabiat fanlarining nazariy poydevori bo'la olmadi,negaki obyekyiv voqelikni mustaqil mavjudligini tan olmagan obyektivlik tushunchasini rad etar edi. A.butunlay yangicha nuqtayi nazarga asoslanib,yangi yo'llarga boshlab,eski yechilmas muammolarga yangicha yondashishni ko'rsatadi. U o'z nazariyasini "empiriokrititsizm "deb nomladi. Uning empiriokrititsizmi ko'p olimlarni o'z originalligi, terminologiyasining yangiligi bilan qiziqtirar edi. A.ning bilish falsafasida qo'llagan izlanish uslubi yangi va muhim hisoblanadi. U sof tasvirlashni bilish falsafasini tabiatshunoslar o'zlarining asosiy fani hisoblaganlar. A. "empiriokrititsizm "termini orqali tajriba tushunchasini tanqid qilmoqchi ekanligi haqida fikr yuritadi va"sof tajriba"ilmini qabul qiladi. Qaysi fikrlarni to'g'ri deb hisoblashimizni, qaysilarini saqlab,[1] qaysinisidan voz kechishlikni aniqlamoqchi bo'ladi. A.materialistik bilish nazariyasini tanqid qilib chiqib,bu nazariyani introeksiya,ya'ni tashqi olamni inson miyasiga jo qilish,deb ta'riflagan. U bilimlarning yagona manbai sezgilardir, hamma narsa sezgida mujassamlashgan, deb hisoblaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://historia-biografia.com/ernst-mach/. „https://historia-biografia.com/ernst-mach/“ (https://historia-biografia.com/ernst-mach/).+2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: https://historia-biografia.com/ernst-mach/.