Aviasozlar 6-tor koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yashnobod |
Uzunligi | 820 m |
Kesishgan koʻchalari | Qorasuv koʻchasi |
Aviasozlar 6-tor koʻchasi — Toshkent shahrining sharqiy qismidagi Yashnobod tumani Aviasozlar mavzesi hududida joylashgan. Koʻchaning umumiy uzunligi qariyb 820 metrni tashkil qiladi[1]. Bu ikki tomonlama harakat va ikkita qatnov qismiga ega boʻlgan asfaltlangan yoʻl boʻlib, uning oʻrta qismi yashil zona bilan ajratilgan va u joyda daraxtlar ekilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻcha sovet davrida Lisunov mavzesi (hozirgi Aviasozlar mavzesi) qurilishi natijasida qurilgan va unga avval „Bulvarnaya“ nomi berilgan, keyinchalik melioratsiya va tuproq fizikasi sohalarida atoqli tuproqshunos olim va professor Pavel Aleksandrovich Sadimenko sharafiga „Pavel Sadimenko koʻchasi“ deb nomlangan[2]. 2013-yil yanvar oyida koʻcha nomi oʻzgartirilib „Aviasozlar 6-tor koʻchasi“ deb qayta nomlandi[3][4][5].
Kesishgan koʻchalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻcha Qorasuv koʻchasidan boshlanib, Birlashgan 2-tor ko‘chasi bilan kesishgan joyda tugaydi. Aviasozlar 2-tor koʻchasi va boshqa kichik koʻchalar bilan kesishadi. Koʻcha Parkent koʻchasiga parallel ravishda oʻtadi. Bu ikki tomonlama harakat va ikkita qatnov qismiga ega boʻlgan asfaltlangan yoʻl boʻlib, uning oʻrta qismi yashil zona bilan ajratilgan va u joyda daraxtlar ekilgan.
Binolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻcha Navroʻzobod va Yashnobod mahallalarini (sobiq Hamza mahallasi) oʻzaro ajratib turadi. Koʻcha boʻylab Jamoat ahamiyatiga ega boʻlgan binolar mavjud boʻlib, bular :Yashnobod tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, Toshkent shahar 2-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi, Poliklinika, „Yulduzcha“ nomli 405-son bolalar bogʻchasi, shuningdek, asosan 5-qavatli boʻlgan aholi turar-joy binolari joylashgan.
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻcha boʻylab jamoat transporti harakatlanmaydi. Eng yaqin joylashgan metro bu yerusti halqa yoʻlining Ohangaron metro bekati boʻlib, u koʻchaning oʻrta qismida joylashgan poliklinikadan 300 metr masofada joylashgan. Koʻchaning Qorasuv koʻchasi bilan kesishgan qismida avtobus bekati joylashgan. Aeroport koʻchadan taxminan 10 km masofada, Toshkent Shimoliy temir yoʻl vokzali esa 8 km masofada joylashgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „6-й проезд Авиасозлар“ (ru). geodzen.com. Qaraldi: 28-noyabr.
- ↑ „Indeks“ (ru) (100007). gazeta.uz (2013-yil 11-yanvar). 2023-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-noyabr.
- ↑ „В Ташкенте изменены названия ряда улиц и махаллей“ (ru) (134). gazeta.uz (2013-yil 11-yanvar). Qaraldi: 28-noyabr.
- ↑ „В Ташкенте изменены названия 237 улиц и махаллей (список)“ (ru) (134). mg.uz (2013-yil 14-yanvar). Qaraldi: 28-noyabr.
- ↑ „Переименование названий улиц в Ташкенте, Узбекистан“ (ru). gp.uz. Qaraldi: 28-noyabr.