Aviasozlar koʻchasi (Toshkent)
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yashnabod |
Uzunligi | 3 km |
Boshlanish koordinatalari | 41°17′48″N 64°19′59″E / 41.296792°N 64.332986°E |
Tugash koordinatalari | 41°16′49″N 69°21′01″E / 41.280323°N 69.350346°E |
Avvalgi nomlari | Stepan Kadishev[1] |
Koʻchada joylashgan binolar | Aviasozlar bozori |
Aviasozlar koʻchasi — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan koʻchalaridan biridir.
Tarixi va nomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1970-yilning 1-yarmida tashkil topgan[2]. Koʻcha dastlab Stepan Kadishev nomi bilan yuritilgan[1]. 2008-yil 2-sentabrdan boshlab „Aviasozlar“ koʻchasi deb qayta nomlangan[1]. Asosan, aviasozlik sanoat korxonasigaga qarashli maʼmuriy va turar joy binolari mavjudligi tufayli koʻchaga shu nom berilgan. Koʻchaning uzunligi 3 kmni tashkil qiladi[2]. 2-Qorasuv va Zumrad koʻchalari oraligʻida joylashgan. Aviasozlar koʻchasi orqali Qorasuv, Birlashgan, Sholoxov koʻchalariga chiqish mumkin. Tarkibida 4 ta tor koʻcha bor[3].
Mashhur binolar va inshooatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻcha yoʻnalishida Toshkent mexanika zavodi (sobiq Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi), Yashnobod tuman IIB, Yashnobod tuman pasport stoli, Aviasozlar dehqon bozori[2] va uning „Gulbog“ shoxobchasi, 2022-yil toʻliq rekonstruktsiya qilingan „Aviasozlar“ madaniyat saroyi (1980-yil qurilgan)[4], Sport majmuasi, boshbekat, Korzinka.uz supermarketi, I. Irgashev nomidagi 4-sonli klinik shifoxona, koʻp qavatli turar joy binolari, maʼmuriy binolar, savdo majmualari va turli servis xizmatlari joylashgan.
Kesishgan koʻchalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻcha Toshkent mexanika zavodidan (sobiq TAPOICH) boshlanadi[5]. Yoʻnalish davomida Qorasuv kanalidan oʻtadi va quyidagi: 2-Qorasuv koʻchasi[6], Elbek koʻchasi[6], Chigil koʻchasi[7][8], Aviasozlar 1-tor koʻchasi[6], Olimkent 1-tor koʻchasi[9], Olimkent 5-tor koʻchasi (sobiq Jolio Kyuri koʻchasi)[10], Qostanay koʻchasi[6], Majnuntol koʻchasi[6], Qorasuv koʻchasi[6], Aviasozlar 2-tor koʻchasi[6], Birlashgan koʻchasi[6][11], Beshariq koʻchasi[12] bilan kesishadi[6]. Aviasozlar koʻchasi Xosiyat koʻchasi bilan kesishgan qismida tugaydi[13][6].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Переименование названий улиц в Ташкенте, Узбекистан (466)“ (ru). Qaraldi: 15-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Toshkent hokimligi(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.
- ↑ „Toshkent shahar va Yashnobod tuman hokimliklarining qarorlari asosida “Aviasozlar” saroyining to‘liq rekonstruksiyasi boshlandi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 15-dekabr.
- ↑ 41°17′48″N 69°19′59″E / 41.296792°N 69.332986°E
- ↑ 6,00 6,01 6,02 6,03 6,04 6,05 6,06 6,07 6,08 6,09 [https://geodzen.com/uz/tashkent/aviasozlar „улица Авиасозлар Ташкент“] (ru). Qaraldi: 15-dekabr.
- ↑ „Перекрёсток улицы Чигил с улицей Авиасозлар“ (ru). Qaraldi: 15-dekabr.
- ↑ 41°17′44″N 69°20′05″E / 41.295689°N 69.334659°E,
- ↑ 41°17′43″N 69°20′07″E / 41.295299°N 69.335283°E
- ↑ „Переименование названий улиц в Ташкенте, Узбекистан“. goldenpages.uz. Qaraldi: 15-dekabr.
- ↑ 41°17′48″N 64°19′59″E / 41.296792°N 64.332986°E
- ↑ 41°17′17″N 69°20′41″E / 41.288060°N 69.344742°E,
- ↑ 41°16′49″N 69°21′01″E / 41.280323°N 69.350346°E