Aviatrassa
Aviatrassa – fuqaro havo flo-tining turli samolyotlari va vertolyotlari muntazam ravishda qatnaydigan havo yoʻli. A.da aerodromlar va boshqa vosi-talar 9(yoʻl chiroqlari, tanish belgilari, avi-atsiya mayoqlari va hokazo) boʻladi. Fuqaro aviatsiyasida samolyot hamda vertolyotlar, odatda, A. boʻylab uchadi. Ba’zan ayrim hollarda (ekspeditsiya, tibbiy yor-dam koʻrsatish va boshqalar) A. dan tashqari ham uchish mumkin. Oʻzbekistonda – birinchi marta 1924-yilda Toshkent – Avliyoo-ta – Pishpek A. si barpo etilgan. 1999-yilda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Mil-liy aviakompaniyasi bilan 55 chet el avia-kompaniyasi oʻrtasida yoʻlovchi va yuklar tashish boʻyicha hamkorlik oʻrnatildi. Milliy aviakompaniya Yevropa, Osiyo va AQSH davlatlarining Oʻzbekiston Respublikasi ichida 16 yoʻnalish boʻyicha samolyotlar qatnovini yoʻlga qoʻydi. Oʻzbekiston Respublikasidan qatnaydigan umumiy havo yoʻlining uzunligi 2 mln.km dan oshdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |