Aviatsiya asboblari
Aviatsiya asboblari – samo-lyotdagi nazorat-oʻlchov ishlarini baja-rishda ishlatiladigan jihozlar. Uchuvchi, shturman, bort muhandisi (texnigi) kabinalarida oʻrnatiladi. Vazifasi jihatidan uch guruhga boʻlinadi. Birinchi guruhga dvigatel asboblari, ikkinchi guruhga pilotaj-navigatsiya asboblari, uchinchi guruhga esa yordamchi asboblar kiradi. Taxometr, termometr, mano-va-kuummetr, gazoanalizator (alfametr), benzin oʻlchagich, moy oʻlchagichlar bi-rinchi guruhni; kompas, havo tezligi koʻrsatkichi, balandlik oʻlchagich, soat, ver-tikal tezlik koʻrsatkichi (variometr), bu-rilish koʻrsatkichi, sirgʻanish koʻrsatkichi va aviagorizont ikkinchi guruhni; tezla-nish koʻrsatkichi (akselerometr), shassi va-ziyati koʻrsatkichi, avtopilot, avtosh-turman va boshqa uchinchi guruhni tashkil etadi. Uchinchi guruh Aviatsiya asboblari ba’zi samolyotlarda boʻlmasligi ham mumkin. Uchuvchi birinchi guruh A. koʻrsatishlariga qarab samolyot dvigatellari ishini boshqaradi va dvigatel ishidagi nuqsonlarni oʻz vaqtida bilib oladi. Samolyotdagi Aviatsiya asboblari soni va xili shu samolyotning turi hamda vazifasiga bogʻliq. Koʻp dvigatelli hozirgi samolyotlarda 60 ga yaqin Aviatsiya asboblari boʻladi. Hozirgi kunda Aviatsiya asboblari tizimi va uning bar-cha jihozlari (jumladan EHM orqali boshqariladigan dastur vositalari) avi-onika soʻzi bilan ifodalanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |