Aviatsiya meteorologiyasi
Qiyofa
Aviatsiya meteorologiyasi — meteorologiya amaliy boʻlimi. Atmosfera hodisalarining samolyot va boshqa uchish apparatlari faoliyatiga taʼsirini oʻrganadi. Samolyotlarning uchishi, koʻtarilishi va ayniqsa qoʻnishiga bulut, kuchli shamol, elektr razryadlari, tuman, yaxmalak, chang-toʻzon va boshqa hodisalar taʼsir qiladi. Shu hodisalarga doir maʼlumotlar maxsus aviameteorologiya markazlarida olinadi. Aeroportlarda esa aviameteorologiya stansiyalari tashkil qilinadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |