Avliyo Nikolay ibodatxonasi (Guliston)
Avliyo Nikolay ibodatxonasi | |
---|---|
ruscha: Храм Святителя Николая | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | rus pravoslav ibodatxonasi |
Manzili | Turkiston koʻchasi, 94 |
Shahar | Guliston |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 40°29′50″N 68°46′03″E / 40.497209553564204°N 68.76749194583628°E |
Qurilishi boshlangan | 1945-yil |
Egasi | Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi |
Avliyo Nikolay ibodatxonasi (Guliston) |
Avliyo Nikolay ibodatxonasi (Avliyo Nikolay cherkovi, ruscha: Церковь святителя Николая; boshqacha nomlanishlari: ruscha: Храм святителя Николая, мирликийского чудотворца, ruscha: Храм Святителя Николая чудотворца) — Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan rus pravoslav ibodatxonasi. 1945-yilda qurilgan. Hozirda Guliston shahrining Turkiston koʻchasida joylashgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibodatxona 1945-yilda ibodat uyi sifatida qurila boshlangan va oʻsha yilning 9-noyabr kuni qurib bitkazilgan. 1955-yil roʻyxatga olingan va avliyo Nikolay xotirasiga bagʻishlab poklantirilgan. U yer 1945-yildan boshlab ibodat uyi vazifasini oʻtagan va ibodat amallari bajarilgan. 1957-yilda bu ibodat uyi rekonstruksiya qilingan hamda Toshkent va Oʻrta Osiyo yepiskopi Yermogen tomonidan ibodatxona sifatida qayta poklantirilgan[1].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Гулистан (Голодная Степь, Мирзачуль). Церковь Николая Чудотворца.“ (ruscha). Соборы.ру. sobory.ru (2017-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 1-sentabr 2023-yil.