Kontent qismiga oʻtish

Avlod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avlod (arabcha: وْلَاد; „valad“ – bola soʻzining koʻpligi) — 1) umumiy ajdodlaridan qarindoshlik munosabatlari bilan bir xilda uzoqlashgan kishilar guruhi. Masalan, ota-onalar, farzandlar, nabiralar – ketma-ket kelganligi uchun avlod deb ataladi; ota va oʻgʻil, ona va qiz farzand tugʻilishi oraligʻidagi vaqt bir avlod davri (taxminan 30 yil) sanaladi; bir ajdod (bobo)dan tar qalgan kishilar. Avlod ota va ona avlodiga boʻlinadi. Ota avlodga amaki-amakivachchalar, amma-ammavachchalar, aka-ukalar va ulardan tarqalgan key-ingi nasl, ona avlodga togʻa-togʻavachchalar, xola-xolavachchalar va ulardan tarqalgan nasl kiradi; 2) ma’lum davr kishilari, masalan, yosh avlad va boshqa.[1]

  1. "Avlod" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil