Kontent qismiga oʻtish

Avokado

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Avokado, alligator noki (Persea) – lavrdoshlarga mansub doim yashil oʻsimliklar (daraxtlar) turkumi. Subtropik zonada, jumladan, Qora dengiz atroflarida oʻsadi, Oʻzbekistonda hozirgacha ekilmagan. A. daraxti baland, gullari ikki jinsli, oq. Mevasi (250–600 g) bir urugʻli, toʻq yashil yoki koʻkimtir-qizil, tarkibida 30% gacha moy, 1,5–4% gacha oqsil bor; yangi uzilgan holda iste’mol qilinadi.[1]

  1. "Avokado" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil