Kontent qismiga oʻtish

Avstriya Archgersoginyasi Immaculata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Archduchess Immaculata
Tugʻilishi 9-sentyabr 1892-yil
Lemberg, Austria[1]
Vafoti 3-sentyabr 1971-yil(1971-09-03)
(78 yoshda)
Viareggio, Italiya
Turmush oʻrtogʻi Nobile Igino Neri-Serner, Patrician of Siena
Uy Habsburg-Tuscany
Otasi Archduke Leopold Salvator of Austria
Onasi Infanta Blanca of Spain

Avstriya Archgersoginyasi Immaculata (nemischa: Inmmaculata, Erzherzogin von Österreich-Toskana archduchess Immaculata 1892-yil 9-sentyabr — 1971-yil 3-sentyabr) avstriyalik archduke Leopold Salvatorning qizi. U Habsburg imperatorlik uyining Toskana boʻlimi aʼzosi, Avstriya archgersoginyasi va Toskana malikasi edi. Avstriya-Vengriya imperiyasi qulagandan keyin Barselonada, 1930-yillardan to umrining oxirigacha Italiyada surgunda yashagan. 1932-yilda u italiyalik aristokrat Igino Neri-Serneri bilan oila qurgan. Er-xotinning farzandi boʻlmagan.

Archduchess Immaculata va uning onasi Blanka .

Archduchess Immaculata 1892-yil 9-sentyabrda oʻsha paytda Avstriya-Vengriya imperiyasining bir qismi boʻlgan Galisiyaning Lemberg shahrida tugʻilgan. U Avstriyaning Archduke Leopold Salvator (1863-1931) va uning rafiqasi ispaniyalik Infanta Blankaning (1868-1949) ikkinchi farzandi edi. Tugʻilganida unga Mariya Immaculata Karolin Margaret Blanka Leopoldin Beatriks Anna ismi berilgan. Uning ismi 1899-yilda vafot etgan otasi tomonidan buvisi, Burbon-Ikki Sitsiliya malikasi Mariya Immaculata sharafiga qoʻyilgan[2].

Archgersoginya Immaculata Gabsburg monarxiyasining soʻnggi davrida yashagan. U yaxshu taʼlim olgan. Uning otasi armiyada faoliyat yuritga va bir qator harbiy patentlarga ega boʻlgan ixtirochi edi. Oilada onasi boshliq edi. Immaculataning ota-bobolari Avstriya, Toskana va Ikki Sitsiliya Qirolligida hukmronlik qilganlar. Infanta Blankaning oilasi Ispaniya, Parma, Modena, Portugaliya va Fransiyada hukmronlik qilgan.

Archgersoginya Immaculata opasi Dolores va Margaretalar bilan birga taʼlim olgan[3]. Immaculataning oilasi ziyoli edi[4]. Gabsburg anʼanalariga rioya qilgan turli xil musiqa asboblarni chala olgan. U ajoyib pianinochi edi[5]. Nemis tili bilan bir qatorda fransuz, ispan venger va italyan tillarini ham oʻrgangan. Immaculata uyatchan va ehtiyotkor edi[6]. Oila Venadagi Toskana saroyida va Schloss Wilhelminenbergdagi mulklarda yashagan. Taʼtilni Italiyada Infanta Blancaning Viaregjio yaqinidagi qishloq mulkida oʻtkazishgan. Birinchi jahon urushi paytida Avstriyaning Archduke Leopold Salvator va ikkita katta oʻgʻli Avstriya-Vengriya armiyasi bilan birgalikda jang qilishgan . Archgersoginya Immaculata mojaro paytida Qizil Xoch hamshirasi boʻlib ishlagan[7].

Avstriya respublika hukumati Gabsburglarning mulklarini musodara qilgan. Oila butun boyligini yoʻqotgan[8]. Immaculataning ikkita katta ukasi, Archduke Rayner va Leopold Avstriyada qolishga qaror qilib yangi respublikani tan olishgan. Oilaning qolgan aʼzolari Ispaniyaga koʻchib oʻtishgsn. Oila Barselonada juda kamtarona yashagan. Dastlab ular uyni ijaraga oldilar, unda qizlar yotoqxonada onalari bilan, oʻgʻil bolalar esa otalari bilan birga turishgan. Oilaning iqtisodiyoti Avstriyaning Archgertsog Leopold Salvatorning harbiy patentlaridan tushgan daromad bilan yaxshilangan. Ikkinchi Ispaniya Respublikasi davrida Ispaniyadagi siyosiy gʻalayon oilani yana Avstriyaga koʻchirishga majbur qildi. Venaga qaytish uchun ular qirollik unvonlaridan voz kechishgan.

Archduchess Immaculata Avstriyada uzoq qolmagan[9]. 1932-yil 14-iyulda italyan aristokrati Nobile Igino Neri-Serneriga (1891-yil 22-iyul — 1950-yil 1-may) turmushga chiqdi[8]. Er-xotin Rimda yashashgan[4]. Archgersoginya va uning eri qirqdan oshgani uchun farzandli boʻla olishmagan. Ikkinchi jahon urushi paytida ular Rimda ogʻir sharoitda qolishgan[2]. Oʻn sakkiz yillik turmushdan soʻng, Igino Neri-Serneri 1950-yilda vafot etgan. Archduchess Immaculata 1971-yil 3-sentyabrda 78 yoshida vafot etgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
16. Ferdinand III, Grand Duke of Tuscany
 
 
 
 
 
 
 
8. Leopold II, Grand Duke of Tuscany
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
17. Princess Luisa of the Two Sicilies
 
 
 
 
 
 
 
4. Archduke Karl Salvator of Austria, Prince of Tuscany
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
18. Francis I of the Two Sicilies
 
 
 
 
 
 
 
9. Princess Maria Antonia of the Two Sicilies
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
19. Maria Isabella of Spain
 
 
 
 
 
 
 
2. Archduke Leopold Salvator, Prince of Tuscany
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
20. Francis I of the Two Sicilies (= 18)
 
 
 
 
 
 
 
10. Ferdinand II of the Two Sicilies
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
21. Maria Isabella of Spain (= 19)
 
 
 
 
 
 
 
5. Princess Maria Immaculata of Bourbon-Two Sicilies
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
22. Archduke Charles, Duke of Teschen
 
 
 
 
 
 
 
11. Maria Theresa of Austria
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
23. Princess Henrietta of Nassau-Weilburg
 
 
 
 
 
 
 
1. Archduchess Immaculata of Austria, Princess of Tuscany
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
24. Infante Carlos, Count of Molina
 
 
 
 
 
 
 
12. Juan, Count of Montizón
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
25. Infanta Maria Francisca of Portugal
 
 
 
 
 
 
 
6. Carlos, Duke of Madrid
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
26. Francis IV, Duke of Modena
 
 
 
 
 
 
 
13. Archduchess Maria Beatrix of Austria-Este
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
27. Maria Beatrice of Savoy
 
 
 
 
 
 
 
3. Infanta Blanca of Spain
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
28. Charles II, Duke of Parma
 
 
 
 
 
 
 
14. Charles III, Duke of Parma
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
29. Princess Maria Teresa of Savoy
 
 
 
 
 
 
 
7. Princess Margherita of Bourbon-Parma
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
30. Charles Ferdinand, Duke of Berry
 
 
 
 
 
 
 
15. Princess Louise Marie Thérèse of France
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
31. Princess Caroline Ferdinande Louise of the Two Sicilies
 
 
 
 
 
 
  1. Harding, Lost Waltz, p. 20
  2. 2,0 2,1 Harding, Lost Waltz, p. 294
  3. Harding, Lost Waltz, p. 115
  4. 4,0 4,1 Harding, Lost Waltz, p. 276
  5. Harding, Lost Waltz, p. 97
  6. Mateos Sainz de Medrano, An Unconventional Family, p. 15
  7. McIntosh, The Unknown Habsburgs, p. 52
  8. 8,0 8,1 McIntosh, The Unknown Habsburgs, p. 48
  9. Harding, Lost Waltz, p. 218