Kontent qismiga oʻtish

Avstriyada parlament saylovlari (2006)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Parlament saylovlari 2006-yil 1-oktabrda kutilganidan deyarli ikki oy oldin boʻlib oʻtdi. 2006 -yil 14-iyulda Milliy kengashning XXII sessiyasini yopish toʻgʻrisida qaror qabul qildi[1]. Saylovda muxolifatdagi Avstriya Sotsial-demokratik partiyasi gʻalaba qozondi[2].

Saylovda milliy darajada 7 ta siyosiy partiya ishtirok etdi[3]:

Avstriya Xalq partiyasi (ÖVP) — Volfgang Shussel, kansler;

Avstriya sotsial-demokratik partiyasi (SPÖ) — Alfred Guzenbauer;

Avstriya kelajagi uchun ittifoq[4] (BZÖ) — Peter Westenthaler;

Avstriya Ozodlik partiyasi (FPÖ) — Xaynts-Kristian Shtraxe ;

Yashillar — Yashil alternativ (GRÜNE) — Aleksandr Van der. Belilen;

Doktor Martinning roʻyxati — Demokratiya, nazorat, adolat uchun (MATIN) — Hans-Piter Martin;

Avstriya Kommunistik partiyasi (KPÖ) — Mirko Messner.

Bundan tashqari, Karintiya, Salzburg, Tirol va Vorarlbergda „Yevropa Ittifoqidan chiqish — neytral erkin Avstriya“ roʻyxati mavjud..

Parlamentdagi oʻrinlarni qoʻlga kiritish uchun partiyalar 4 foizlik toʻsiqdan oʻtishlari kerak edi. Bunday parlament saylovlari deyarli koʻplab Yevropa malakatlarini ovoz yigʻishning toʻsiq chegaralari mavjud yoki Partiya qatnashishi uchun saylovlardan oldin imzo toʻplash jarayonlari boʻlib oʻtadi.

Avstriya Milliy kengashiga saylov natijalari[5]. Avstriya parlament saylovida Avstriya sotsial-demokratik partiyasi va Avstriya Xalq partiyasi oʻrtasida asosiy kurash ketdi. Saylovning yakuniy natijalariga koʻra Avstriya sotsial-demokratik partiyasi 1 663 986 ta ovoz bilan yoki umumiy saylovning 35.34 % bilan gʻalaba qozondi. Eng yaqin taqibchi Avstriya xalq-partiyasi esa 1616 493 ta yoki 34.33 % ovoz bilan ikkinchi oʻrinni egaladi. Ikkala partiya oʻrtasidagi farq atiga 1.01 % ni tashkil etadi.

Partiya Ovoz berish % Joylar +/-
Avstriya sotsial-demokratik partiyasi 1 663 986 35.34 68 Decrease 1
Avstriya xalq partiyasi 1 616 493 34.33 66 Decrease 13
Yashillar — „Yashil muqobil“ 520 130 11.05 21 4
Avstriya Ozodlik partiyasi 519 598 11.04 21 3
Avstriya kelajagi uchun ittifoq 193 539 4.11 7 7
" Doktor Martinning roʻyxati — Demokratiya, nazorat va adolat uchun " 131 688 2.80 0  •
Avstriya Kommunistik partiyasi 47 578 1.01 0
Boshqa partiyalar 15 269 0,32 0
Jami 4.708.281 100 183

Markaziy saylov komissiyasining Avstriyada boʻlib oʻtgan parlament saylovlari haqidagi maʼlumot

  1. Organizatsii nablyudeniya za viborami — Dokumenti_Novosti[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  2. TUT.BY | NOVOSTI — Parlamentskie vibori v Avstrii viigrali sotsial-demokrati — V mire — 2.10.2006, 09:15[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  3. „BMI - Wahlen“. 2010-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-oktyabr.
  4. Ballotirovalsya pod nazvaniem „Partiya svobodi — Spisok Vestentalera — Alyans za buduщee Avstrii“
  5. „Результаты выборов на сайте МВД“. 2015-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-oktyabr.