Kontent qismiga oʻtish

Avtomat liniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomat liniya – mahsulot ishlab chiqarish dagi hamma amallarni maʼlum texnologiya jarayonlariga mos tartibda avtomatik tarzda bajaruvchi mashinalar, asosiy va yordamchi jihozlar majmui. Avtomat liniya mavjud uskunalarni avtomatlashtirish asosida yoki maxsus avtomatlar, yarim avtomatlar va agregat stanoklar qurish asosida vujudga keltiriladi. Avtomat liniya aviatsiya, avtomobil, traktor zavodlari va boshqa koʻplab mahsulot ishlab chiqaradigan zavodlarda silindrlar bloki, val, porshen kabi detallar ishlab chiqarishda, yigʻuv jarayonida qoʻllanilmoqda. Masalan, Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida, Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida, Asaka (Andijon)dagi „OʻzDEU avto“ korxonasida, „Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi“ davlat aksiyadorlik jamiyatida avtomat liniya ishlab turibdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil