Kontent qismiga oʻtish

Avtomobil poyezdi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtomobil poyezdi (avtopo-yezd) – bitta yoki bir nechta tirkama ulangan avtomobil. Yuk va yoʻlovchilar Avtomobil poyezdilari boʻladi. Yuk ortiladigan tirkamalarning oddiy va maxsus kuzovli xillari bor. Maxsus kuzovli tirkamalarga sisternalar, refrijeratorlar, sovitkichli tirkamalar, oʻzi agʻdargichlar va boshqa kiradi. Avtomobil poyezdi tirkamali, yarim tirkamali va uzun yuklar uchun moʻljallangan boʻlishi mumkin. Tirkamalar 1,2,3,4 oʻkdi boʻlib, avtomobilga toʻgʻridan-toʻgʻri tirkaladi; yarim tirkamada oddingi oʻq boʻlmaydi, old qismi shatakchi avtomobilning maxsus tayanchiga mahkamlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil