Avtomobil tirkamasi
Avtomobil tirkamasi – yuk avtomobiliga tirkaladigan bir, ikki yoki koʻp oʻqli dvigatelsiz arava. Odam va yuk tashiydigan hamda maxsus avtomobil tirkamasi boʻladi. Odam tashiydigan Avtomobil tirkamasi avtobuslarga tirkaladi. Yuk avtomobil tirkamasining borti platformali va ma’lum yukni tashishga moslashtirilgan xillari boʻladi (mas, furgon, samo-sval – agʻdarma, refrijerator, ogʻir yuk tashuvchi va hokazo). Maxsus avtomobil tirkamasi oʻziga oʻrnatilgan mashina, apparat yoki uskuna yordamida biron ishni bajarishga moʻljallanadi (Avtomobil tirkamasi ustaxona, avtolavka (koʻchma doʻkon), kompressorli uskuna (uy va boshqalar). Bir oʻqli avtomobil tirkamasi kupi bilan 2 t, ikki oʻqli Avtomobil tirkamasi 3–12 t gacha, ogʻir yuk tashiydigan ikki va undan koʻp oʻkli avtomobil tirkamasi esa 60 t gacha yuk koʻtaradi. Ikki oʻqli Avtomobil tirkamasi gidravlik, pnevmogidravlik, pnevmatik va hokazo tormozlar bilan jihozlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |