Kontent qismiga oʻtish

Avtopilot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avtopilot (avto va frans. Pilote – uchuvchi) – uchish apparatlari (samolyot, vertolyot, snaryad va boshqalar)ni avtomatik tarzda (uchuvchi ishtirokisiz) boshqarish mexanizmi. Avtopilot sxemasini K.E.Siolkovskiy tuzgan (1898). Parijda 1914-yili oʻtkazilgan Xalqaro koʻrgazmada avtopilot boshqargan samolyot birinchi marta namoyish qilingan. Dastlab, avtopilot samolyot rullarini uchuvchi ishtirokisiz boshqarish uchungina xizmat qildi. Keyinchalik avtopilot takomillashtirilib samolyotning belgilangan uchish rejimini birdek tutib turadigan yoki uchish rejimini yoʻnalish, ogʻish va balandlikka qarab oʻzgartiradigan puxta tizim yaratildi. Avtopilotning yanada takomillashtirilishi natijasida samolyot rullarini va dvigatellarini boshqarishni avtomatlashtiruvchi tizim barpo qilindi. Bunday avtopilotlar samolyotni ekipajsiz uchirish va uni radio orqali boshqarishga imkon beradi. Avtopilot raketalar va samolyot, snaryadlarga, yerning sun’iy yoʻldoshlari va boshqalarga ham oʻrnatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil