Avtoyuklagich
Qiyofa
Avtoyuklagich – avtomobil va vagonlarga yuk ortish va tushirish, omborlarda yukni taxlash, sanoat korxo-nalarida bir sexdan ikkinchi sexga yuk tashish uchun ishlatiladigan mashina. Yukni tashish va uni koʻtarish uchun A. larda ochilib-yopiluvchi qamragich boʻladi, A.ning qamragichi xaskashga oʻxshatib ish-langan, gidravlik yoki mexanik moslama yordamida koʻtarib-tushiriladi. Sochi-luvchan yoki boʻlak-boʻlak yuklarni tashish uchun universal A.larning kamragichi strela va kovsh (choʻmich) bilan almashtiri-ladi. A. yordamida 3 – 5 t yukni ortish, tushirish yoki taxlash mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |