Kontent qismiga oʻtish

Avval (Fargʻona tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avval
ruscha: Аввал
Shaharcha
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Fargʻona tumani
Milliy tarkib oʻzbeklar, tojiklar, qirgʻizlar.
Vaqt mintaqasi UTC+5

Avval (ruscha: Аввал) – Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Fargʻona tumaniga qarashli shaharcha. Fargʻona shahridan 12 km, Quvasoy shahridan 17 km, tuman markazi (Vodil)dan 20 km masofada joylashgan. Markazi Avval avtoshohbekati. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan. Avval nomining kelib chiqishi Markaziy Osiyoda Islom dinining tarqalishiga katta hissa qoʻshgan sahoba Robbial Mir Avval nomi bilan bogʻliq (uning nomi bilan ataluvchi qabristonda taxminlarga koʻra sahobaning qabri bor). Oʻrta asrlarda Avval shaharga aylangan. Moʻgʻullar bosqini davrida vayron etilgan. Qoʻqon xonligi davrida Margʻilon bekligiga qaragan. Ruslar davrida Margʻilon volosti tarkibidagi 19 ta uyezddan biri Avval uyezdi boʻlgan. Sovet ittifoqi davrida dastlabki tashkil etilgan Fargʻona tumanining maʼmuriy markazi vazifasini bajargan.

Dastlab joyning nega Avval deb atalganligi masalasiga yetiboringizni qaratsak. Oʻzbek tilining izoxli lugʻatida „Avval“ soʻzi quyidagicha izoxlanadi:

1. Avval – boshlanish payti, ilk payt;

2. Avval – ilgarigi vaqtlarda, ilgari, burun;

3. Avval – hammadan oldin, dastavval;

4. Avval – biror voqea, hodisa yoki shu haqda soʻz borayotgan vaqtdan oldin boʻlgani aniqlandi.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz, „Avval“ soʻziga toʻrt xil izoh berilgan. Ammo Avval qishlogʻining atalishi borasida bu izohlar yetarli yemas, albatta. Chunonchi, aholi orasida Avval nomining kelib chiqishi hususida turli taxminlar mavjud.

Masalan: "Avval qishlogʻi boshqa qishloqlarga nisbatan ancha oldin tashkil qilingan. Shu qishloqda tarixiy yodgorliklar xam avval paydo boʻlgan. Shuning uchun qishloqning nomini maxalliy xalq „Avval“ deb atalgan. Avval qishlogʻidagi Xoʻjamposhsho tarixiy yodgorligi Fargʻona viloyati oʻramida birinchi qurilgan. Avval qishloq oʻramida Avval, Damkoʻl,Qalʼaibolo, Oʻrta-qishloq, Qorasuv, Gultagi, Jangal, Boymaxalla, Begimjontepa, Oqtepa degan qishloqlar bor.

Xar bir qishloq nomining kelib chiqishi xaqida toʻxtalganda, masalan, Qalʼaibolo qishlogʻi Avval qishlogʻining yer sathiga nisbatan ancha balandlikda joylashgan. Shuning uchun xam uni maxalliy xalq Qalʼai-bolo qishlogʻi deb atagan. Oʻrta qishloq Avvalning oʻrtasida, markazga yaqin joylashgan. Shuning uchun Oʻrta-qishloq deb atalgan. Qorasuv qishlogʻidan qora suv chiqqanligi uchun Qorasuv deb atalgan" Aytib oʻtish kerakki, oʻtmishda Avval nomini Rabial Avval (Abdul Avval xam deyiladi) ismli sahoba yoxud Abdul Avval nomli avliyo nomi bilan xam bogʻlab kelganlar.

Avval qishlogʻida tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, hususan, qadamjolar juda koʻp.

Maʼlumotlarga koʻra, Shohimardonga – Hazrat Ali mozoriga ketayotgan har bir ziyoratchi Avval qishlogʻidagi muqaddas mozorlarni ziyorat qilishi lozim boʻlgan. Bu xaqda xalq orasida shunday naql yuradi: Emishki, Hazrati Shohimardon Avval qishlogʻidagi aziz zotlarga „Avval sizni, keyin bizni ziyorat qilsinlar“, deb aytgan yekan. Shu sababdan Shohimardonga Avval orqali oʻtib ketayotgan ziyoratchilar shu yerda toʻxtab, dastlabki ziyoratlarini bajarganlar. Avvalda bunday ziyoratgoxlar sifatida, yuqorida aytib oʻtganimizdek, Xojam Podshox (Xoʻjam poshsho), Rabial Avval ziyoratgoxlarini tilga olish mumkin. Avvalda Markaziy dehqon bozori, chorva bozori, bir nechta qurilish mollari doʻkonlari, oʻnlab savdo doʻkonlari va xizmat koʻrsatish ob’ektlari bor. Aholiga 2-sonli oilaviy poliklinika va tez tibbiy yordam markazi bepul ambulator xizmat koʻrsatadi. Oʻnga yaqin dorixonalar va „Yetti buloq“ sanatoriysi bor. Avvalda „Transport va servis texnikumi“, 25-sonli musiqa va sanʼat maktabi, 34-,35-,37-,38-,39- va 44- umumtaʼlim maktablari hamda 2 ta DMTM bor.