Kontent qismiga oʻtish

Avval adirlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Avval adirlari – Fargʻona vilo-yati Fargʻona tumanidagi bir-biriga pa-rallel ikki qator qir. Ularni 6 km ken-glikdagi vodiy ajratib turadi. Shimoliy qir shimoli-sharqqa 10–12 km choʻzilgan, eni 2,5–3 km. Mutlaqbal. 600 m, eng ba-land joyi 680 m. Janubiy qir sharqda Moʻyon adirlariga tutashib ketadi, uz. 8 km, eni 4 km, eng baland joyi 923 m. Adirlar, asosan, toʻrtlamchi davrning shagʻal toshli jinslaridan tarkib topgan va eng yangi tektonik harakatlar natijasida koʻtarilgan. Yuzasi yassi, jan.yon bagʻri tik, shimoliy yon bagʻri qiyalanib borib keng tekislik hosil qiladi. Soylar adirlarni boʻlib-boʻlib yuborgan. Avval adirlari neft va yer osti suvlariga boy, tipik boʻz tuproqlarda efemerlar va efemeroidlar, ba’zan shuvoq tarqalgan. Adirlarning ayrim joylari lalmi va sugʻorma dehqonchilikda foydalaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil