Axborot olish kafolatlari va erkinligi
Axborot olish kafolatlari va erkinligi – har bir shax-sning oʻzi istalgan axborotni izlash, olish va tarqatishga haqli ekanligi. Oʻzbekiston Respublikasida barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar fuqarolarga ularning huquq va manfa-atlariga daxldor boʻlgan hujjat, qaror va boshqa xil materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyam, 30-modda). "Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (1997-yil 24-aprel)ga koʻra, har bir fuqaro oʻz man-faatlariga daxldor axborotni bepul, boshqa axborotlarni kelishuv boʻyicha haq toʻlab olish imkoniga ega. Shaxsning bu hakda yozma yoki ogʻzaki murojaatiga qisqa muddatda, uzogʻi bilan 30 kundan kechiktir-may javob berilishi shart. Axborot olish kafolatlari va erkinligi k. va e. Oʻzbekiston Respublikasida kutubxona va hujjatxonalardan foydalanish bepulligi, fuqarolar oʻzlariga zarur axborotni bevosita yoki qonuniy vakillari yordamida izlash, olish, tadqiq etish va tarqatish, hujjat va boshqa axborot manbalaridan nusxa, foto-tasvir olishlariga ijozat berilgani bilan ham kafolatlangan. Jumladan, fuqaroviy, xoʻjalik, ma’muriy va ji-noyat ishlari koʻrilayotganda sud majlisi ishtirokchilarining soʻzlari va xatti-harakatlarini rasmana yoki stenografiya tarzida yozib olish, magnit tasmasida aks ettirish, sudning ruxsati bilan foto, kino, video tasvirga tushirish, ularni radio tarmoqlari va televideniye orqali namoyish qilish mumkin. Gumon ostidagi shaxs oʻzining qanday jino-yatda gumonsirilayotgani, ayblanuvchi – nimada ayblanayotganini bilishga, ular va ishdan manfaatdor b. shaxslar: jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fu-karoviy javobgar, ularning vakillari ihdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishga, ulardan koʻchirma va nusxalar olishga, shu maqsadda tarjimon xizmatidan bepul foydalanishga haklidir. Agar asossiz ushlangan, qamoqda saqlangan yoki sudlangan shaxs toʻgʻrisida ilgari matbuotda, radio va televideniye orqali xabar berilgan boʻlsa, u begunoh ekanli-gi, okdangani haqida ayni oʻsha ommaviy 813axborot vositasida e’lon qilinishi shart. Axborot olish kafolatlari va erkinligi k. va e. ommaviy axborot vo-sitalari va jurnalistlarga ham ular zarur deb hisoblagan axborotni olish, uni xolisona tekshirish va senzurasiz tarqatish imkoniyatlarini kafolatlaydi. Axborot olish kafolatlari va erkinligi k. va e.dan boshqalarning ichki hayotiga taalluqli axborotni oshkor etish, taqiqlangan ilmiy, texnikaviy, kasbiy, ishlab chiqarish jarayonlariga oid, shuning-dek davlat siri hisoblangan axborotni toʻplash va tarqatish maqsadida foyda-lanish konunga biioan javobgarlikka sabab boʻladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |