Axel Munthe
Munte Axel Martin Frederik — shvetsiya shifokori va yozuvchisi.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1857-yilning 31-oktabrida Shvetsiyada farmatsevt oilasida tugʻilgan. 1874-yilda Uppsala universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirgan. U universitetda yaxshi taʼlim ola boshlagan, ammo oradan ikki yil oʻtib jiddiy kasallikka chalindi. Shifokorlar unda oʻpkadan qon ketish kasalligini aniqlashdi. Kasallikdan xalos boʻlish maqsadida janubiy hududga suvli muhitga koʻchishga qaror qildi.Shu tufayli u Fransiya janubiga koʻchib oʻtgan.Tahsilni 1876-1878 yillarda Monpelye universitetida davom ettirgan. 1878-1880 yillarda Parij universitetining tibbiyot fakultetida tahsil oldi. 1880-yilda u Fransiyadagi eng yosh shifokor boʻldi[1].
Xuddi shu yili u oila qurgan va Kapri oroliga yashash uchun joʻnab ketgan. 1881-yilning kuzida Munte Parijga qaytib kelgan. 1883-yilda Neapolda vabo epidemiyasi boshlangan. Doktorlik burchiga sodiq qolgan Axel Munte u yerga borgan Neapoldagi faoliyati davomida Shvetsiya gazetasiga maqolalar yozadi. Bu maqolalar uning dastlabki adabiy faoliyati boʻlgan. 1888-yilda Munte turmush oʻrtogʻi bilan ajrashdi va 1889-yil may oyida yana Kapri orolida yashash uchun koʻchib ketdi. 1893-yildan boshlab u Rimda faoliyat yuritdi. Lekin u har bahorni Kapri orolida oʻtkazardi. U „San Mishel afsonasi“ nomli avtobiografik asar yaratgan. Bu asarda u Kapri orolida kechgan umri haqida maʼlumot bergan.
1907-yilda u ikkinchi marotaba oila qurgan. 1914-yilda Munte ingliz shifokori sifatida frontga ketdi. Urushda koʻrgan va boshidan kechirgan hamma narsa haqida u „Qizil Xoch va Temir Xoch“ kitobini yozgan. 1943-yildan to vafotigacha u Stokgolmdagi qirollik saroyida Gustav V ning shaxsiy mehmoni sifatida yashagan.1949-yil 11-fevralda Stokgolmda vafot etgan.Hozirda uning Kapri orolidagi uyi Aksel Munte uy muzeyiga aylantirilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.geni.com/people/Magdalena-Rudensch%C3%B6ld/6000000007673978404
- ↑ Sandra Jobson Darroch, Ottoline: The life of Lady Ottoline Morrell (1975), chapter 2