Kontent qismiga oʻtish

Axel Toupane

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Axel Toupane
№. 33 – Paris Basketball
Pozitsiyasi Hujumchi
Liga LNB Pro A
EuroCup
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 23-iyul 1992-yil (1992-07-23) (32 yosh)
Mulhouse, Fransiya
Millati Fransuz
Boʻyi 6 ft 7 in (2.01 m)
Vazni 210 lb (95 kg)
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar
MBA drafti 2014-yil / Tanlanmagan
Oʻyindagi faoliyati 2011-yil—hozirgacha
Statistikalar Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash NBA.com saytida
Statistikalar Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash Basketball-Reference.com saytida

Axel Tupane (1992-yil 23-iyulda tugʻilgan) — LNB Pro A ning Parij Basketbol jamoasining fransuz professional basketbolchisi hisoblanadi. Toupane shuningdek, Fransiya terma jamoasini xalqaro tadbirlarda himoya qilib keladi[1]. 2,01 m balandlikga[2] va 101 kg (223 funt) ogʻirlikka ega boʻlib, u uloqtirish himoyachisi va kichik hujumchi pozitsiyalarida oʻynaydi.

Professional faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

SIG Strasbourg (2011—2015-yil)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Toupan Žalgiris bilan 2018 yilda

2008-yildan 2011-yilgacha Toupan 2011—2012-yilgi LNB Pro A mavsumi uchun SIG Strasbourg katta jamoasiga qoʻshilishdan oldin Élan Béarnais Pau-Orthez va SIG Strasbourg 21 yoshgacha boʻlgan jamoalarida oʻynagan. Yangi oʻyinchi sifatida u Fransiya Pro A ligasining 22 oʻyinida oʻrtacha 2,5 ochko va 1,4 ribaund toʻplagan. 2012—2013-yilgi mavsumda Tupan 35 oʻyinda oʻrtacha 3,9 ochko va 1,9 ribaund toʻplagan, yuqoridagi natijalari bilan Strasburgga Fransiya Liderlar Kubogi finaliga chiqishga yordam bergan. U keyingi mavsumda ancha samarali oʻyin korsatgan, chunki u har bir oʻyinda oʻrtacha 6,1 ochko va 2,5 ribaund toʻplagan va jami 41 oʻyinda maydonga tushgan.

Žalgiris (2017—2018-yillar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 27-iyulida Toupane LKL ligasining Litvaning „Jalgiris“ klubi bilan shartnoma imzolagan[3][4][5]. Uning mustahkam himoyasi jamoaga Yevroligada ham yordam bergan, u yerda Žalgiris 19 yil ichida birinchi marotaba chorak finaliga yoʻllanma olgan va uchinchi oʻrinni egallagan. Bundan tashqari LKLda, Zalgiris ketma-ket sakkizinchi LKL chempionligini qoʻlga kiritgan. Toupane liga kubogi seriyasining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻlib, Zalgirisga bir nechta g‘alabalar keltirgan.

Unicaja (2019—2020-yil)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 21-avgustda Toupane Liga ACBning Unicaja bilan 1+1 yillik shartnoma imzolagan[6].

SIG Strasbourg (2020-yil)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 1-sentyabrda Toupane SIG Strasbourg bilan 17-oktyabrgacha shartnoma imzolagan[7].

Santa Cruz Warriorsga qaytish (2021-yil)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 15-oktyabrda Toupane Golden State Warriors bilan shartnoma imzolagan[8], ammo ertasi kuni bekor qilingan[9]. 25-oktyabrda u Santa Kruz jWarrios tomonidan qayta sotib olingan[10].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toupane — basketbol murabbiyi va asli senegallik sobiq futbolchi Jan-Aime Tupanning oʻgʻli boʻib, onasi fransuz boʻlgan.

  1. „Axel Toupane Player Profile“. RealGM.com. Qaraldi: 2015-yil 17-iyul.
  2. TOUPANE, AXEL HEIGHT: 2.01.
  3. „Rimtas pastiprinimas: "Žalgiryje" – NBA patirties turintis prancūzas“. Krepsinis.lt. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  4. „Axelis Toupane'as – solidžiai besiginantis ir puolime vis tobulėjantis atletas“ (lt). BasketNews.lt. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  5. „"Žalgiris" rado žmogų, kuris aikštėje gali daryti praktiškai viską“ (lt). Krepsinis.net. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  6. „Unicaja Malaga inks Axel Toupane“ (En). Sportando (2019-yil 21-avgust). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
  7. „Axel Toupane inks with SIG Strasbourg until October 17“. Sportando (2020-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 1-sentyabr.
  8. „Warriors Sign Axel Toupane“. NBA.com (2021-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-oktyabr.
  9. „Warriors Waive L.J. Figueroa and Axel Toupane“. NBA.com (2021-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
  10. „Santa Cruz Warriors Announce 2021 Training Camp Roster“. NBA.com (2021-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.