Axim Karimov
Karimov Axim Karimovich | |
---|---|
Tavalludi |
5-dekabr, 1917-yil Ufa viloyati |
Vafoti |
28-avgust 2015-yil (98 yosh) |
Fuqaroligi | SSSR → Rossiya |
Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
Mukofotlari |
Karimov Axim Karimovich (tatarcha: Кәримов Әхим Кәрим улы; 1917-yil 5-dekabr Ufa viloyati-2015-yil 28-avgust) — geokimyogar, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karimov Axim Karimovich 1917-yil 5-dekabrda Ufa viloyati, Menzelinskiy tumani, Aktanish qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 30-yillarda oilasi bilan Samarqand shahriga doimiy yashash uchun koʻchib kelishadi. 1939-yilda Samarqand davlat universitetining kimyo fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan[1]. Shu yili Karimov Axim Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirildi. Urush paytida Stalingrad frontida tank boʻlinmalarida jang qilgan. Oʻsha paytda u katta leytenant unvonini oldi. Axim Karimov 1947-yili demobilizatsiya qilingan[2].
U mehnat faoliyatini Ufa ilmiy tadqiqot institutida boshlagan. Oʻsha yerda 1947-yilda katta muhandis, 1955-yilda katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 1951-1954-yillarda Leningrad butunittifoq ilmiy tadqiqot geologiya-qidiruv institutida ilmiy ishlar olib borgan.
1959-yili Neft va gaz konlarini geologiya va oʻzlashtirish instituti Toshkent filialida direktor lavozimida ishladi. 1959-yildan 1976-yilgacha oilasi bilan Toshkentda istiqomat qildi. Keyinchalik, 1976-yili oilasi bilan birgalikda Ufa shariga qaytishdi. 1976-yildan Ufa davlat neft institutida oʻqituvchi, 1978-yildan esa kimyo kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan.
1980-1988 yillarda Aqmulla nomidagi Boshqird davlat pedagogika universitetida oʻqituvchi boʻlib ishladi.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Axim Karimovning ilmiy faoliyati Volga-Ural mintaqasi hamda Oʻrta Osiyodagi neft va tabiiy gaz geologiyasi bilan bogʻliq. Shu hududlar boʻyicha yigʻilgan maʼlumotlardan foydalanib yozilgan 100 ga yaqin ilmiy maqolalari chop etilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Qizil yulduz“ ordeni
- „Qizil Bayroq“ ordeni
- „Jasorat“ ordeni
- „Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ nomli orden va medallari bilan mukofotlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Библиотека БГПУ“. 2019-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
- ↑ „Новости Уфы“. 2019-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-noyabr.