Axloq tuzatish ishlari
Axloq tuzatish ishlari – Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy jazo turi. Mahkumni axloqan tuzatish – unda qonunga ito-atkor xulq-atvorni, inson, jamiyat va mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari hamda an’analariga hurmatni shakllan-tirishdan iborat. Axloq tuzatish ishlari i. ish hakining 10% dan 30% gacha miqdorini davlat daro-madi hisobiga ushlab qolgan holda shax-sni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat. Axloq tuzatish ishlari i. faqat asosiy jazo sifatida 6 oydan 3 yilgacha, jinoyat sodir etish paytida 18 yoshga toʻlmaganlarga nisbatan esa bir oydan bir yilgacha muddatga tay-inlanadi. Bu jazo ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan, ularni jamiyatdan ajrat-masdan ham tarbiyalash mumkin boʻlgan taqdirda tayinlanadi, pensiya yoshiga yetgan, mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga, homilador yoki yosh bolasini boqish uchun ta’tidda boʻlgan ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 46- va 83-modda). Qonunda Axloq tuzatish ishlari i.ning ikki turi nazarda tutilgan boʻlib, bular jazoni mahkumning oʻz ish joyida oʻtashdan yoki jazo ijrosini na-zorat qiluvchi organlar belgilab bera-digan boshqa joyda oʻtashdan iborat. Sud shaxsga Axloq tuzatish ishlari i.ni tayinlaganda jazo tu-rini hukmda koʻrsatadi. Jinoyat-ijroiya kodeksida Axloq tuzatish ishlari i.ni ijro etish tartibi (26-modda), ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasining nazorat ishlari (27-modda) belgilangan. Mahkum ishlaydigan korxona, muassa-sa, tashkilot ma’muriyatiga ham hukmni ijro etish borasida qonun bilan tegishli majburiyatlar yuklatilgan (28-modda).Jazo muddatini hisoblash – mahkumning ish haqidan ushlab qolingan kundan, ish haqidan ushlab qolish – ja-zolarni ijro etish inspeksiyasidan xa-barnoma olingan kundan, boshqa joyda oʻtaladigan Axloq tuzatish ishlari i.ga hukm qilingan shax-slar uchun – jazoni oʻtash uchun yuborilgan korxona, muassasa, tashkilotda ish boshlagan kundan e’tiboran boshlanadi. Mahkum ishlab bergan kunlar miqdori sud tomonidan belgilangan jazo mud-datining har oyiga toʻgʻri keladigan ish kunlari miqdoridan kam boʻlmasligi shart (JIK, 30-modda).Jazolarni ijro etish inspeksi-yasi belgilaydigan joylarda jazoni oʻtash muddati mobaynida inspeksiya yozma ruxsatisiz, mahkum tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ta’qiqlanadi. Jazo muddati uzluk-siz boʻlgani uchun shu muddat davomida mahkumga mehnat ta’tili berilmaydi, ishlangan muddat umumiy va uzluksiz ish stajiga qoʻshib hisoblanmaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |