Axvirpat
Qiyofa
Axvirpat – Sugʻdda V – VIII-asrlarda mavjud boʻlgan ijtimoiy atama. Hokimlarning sayisxona (otxona)si nozirini anglatgan. Ma’lum vaqtlarda Axvirpatlar siyosiy hayotda ham faol ishtirok etganlar. Mas, Sugdning bir qismi – Qashqadaryo vohasida VII-asrga oid "axvirpat" soʻzi yozilgan tangalar ham zarb qilingan. Axvirpat atamasi oʻrta asrlardagi miroxoʻr atamasi bilan almashgan. Mugʻqal’a hujjatlarida Axvirpatga 50 draxma miqdorida maosh belgilanganligi qayd etilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |