Kontent qismiga oʻtish

Aybakiy masjidi

Koordinatalari: 31°30′30″N 34°28′07″E / 31.508349°N 34.468601°E / 31.508349; 34.468601
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Aybakiy masjidi
مسجد الأيبكي
Joylashuvi 31°30′30″N 34°28′07″E / 31.508349°N 34.468601°E / 31.508349; 34.468601
Manzil Tuffah, Gʻazo, Falastin
Meʼmoriy uslub Mamluk
Binokorlik ???—13-asr

Al-Aybakiy masjidi (shuningdek , Shayx Abdulloh al-Aybakiy masjidi deb ham atalad) — Falastinning Gʻazo shahri at-Tuffah mahallasida joylashgan tarixiy masjid. 13-asr oxirida mamluklar tomonidan qurilgan masjid diniy yetakchisi Shayx Abdulloh al-Aybakiy nomi bilan atalgan[1]. „Aybakiy“ nisbasiga koʻra, Shayx Abdulloh Misrning birinchi mamluk sultoni Izzaddin Aybakning mamluk yoki qarindoshi boʻlgan. Shayx Abdullohning oʻgʻli Shayx Iyod darajdagi Sayid al-Hoshim masjidiga yaqin joyda dafn etilgan boʻlsa, uning boshqa oʻgʻli Ahmad al-Aybakiy, mahalliy avliyolardan biri, al-Mozor ash-Shayx Aybak nomli ziyoratgohga dafn etilgan[2].

  1. Shahin, 2005, p. 438.
  2. Sharon, 2009, pp. 31, 35

Qoʻshimcha oʻqish

[tahrir | manbasini tahrirlash]