Ayiqlar haqida qoʻshiq
„Ayiqlar haqida qoʻshiq“ | |
---|---|
Aida Vedishcheva qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 1967-yil |
Studiya | Melodiya |
Janr | Tvist |
Matn muallif(lar)i | Aleksandr Zatsepin |
Ayiqlar haqida qoʻshiq (Filmdan parcha) YouTubeda |
„Ayiqlar haqida qoʻshiq“ (ruscha: Песенка о медведях) — 1967-yil bastakor Aleksandr Zatsepinning sovet filmi — „Kavkaz asirasi“ uchun shoir Leonid Derbenev sheʼri asosida yozgan qoʻshigʻi. Qoʻshiq sahna ortida Aida Vedishcheva tomonidan film bosh qahramonlaridan biri — Lida nomidan kuylangan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmni suratga olish ishlari uchun tayyorgarlik ketayotgan bir vaziyatda Leonid Derbenev va film rejissyori Leonid Gayday filmda ikkita qoʻshiq ijro etilishiga kelishib olishgan. Ulardan biri Nikulin tomonidan kuylanishi kerak edi, ammo Nina qoʻshigʻining ekran ortidan ijro etilishi masalasi nomaʼlum edi. Keyinchalik bu boʻyicha alohida tanlov oʻtkazilishiga qaror qilingan. Tanlovda ishtirok etish uchun oʻsha davrning bir qancha mashhur qoʻshiqchilari taklif qilinib, ularga toʻgʻridan-toʻgʻri radiostantsiyadan — „S dobrim utrom!!“ dasturidan qoʻngʻiroq qilingan. Saralab olingan qoʻshiq masalasida Leonid Gayday tilidan Fedor Razzoqov voqeani shunday eslaydi[2]:
Aida Vedishcheva rozi boʻldi, keldi va yarim soat ichida sinov uchun deb atagan ovozi yozib olindi. Menga uning ovozi juda yoqdi. 1966-yil iyul oyining oxiriga kelib, „Mosfilm“da boʻlajak film uchun qoʻshiq yozib olindi.
Vedishchevaning soʻzlariga koʻra, „Melodiya“ tomonidan chiqarilgan ushbu qoʻshiqning ilk versiyasi yetti yarim million nusxani tashkil etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Где это - на белом свете? Про медведей и про нас“. www.shkolazhizni.ru. Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.
- ↑ Раззаков, Федор. Любимые женщины Леонида Гайдая (ru). Litres, 2013-05-21. ISBN 978-5-457-27844-8.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Зацепин А. С. Песни. Для голоса в сопровождении фортепиано (баяна, гитары) и для баяна с надписанным текстом. — М.: Музыка, 1976. — 160 с.