Aynigan gaz
Aynigan gaz – zarralarning oʻzaro kvant-mexanik ta’siri tufayli xossalari ideal gaz xossalaridan farq 241qiladigan gaz. Kvant mexanikada bir xil energiyali zarralarning har xil kvant holatda boʻlishiga aynigan holat deyiladi. Shuning uchun kvant mexanika nuqtai nazaridan qaralgan gaz zarralari xossalari ideal gaz zarralarining xususiyatlaridan keskin farq qiladi. Kvant statistikada tizimning bu xos-salari hisobga olinadi, bu esa ideal gazning turli holatlari oʻzaro bogʻliq boʻlishini bildiradi, nati-jada zar-ralarning mumkin boʻlgan holatlari boʻyicha taqsimlanishi ham har xil kvant statistikaga boʻysunadi. Mas, butun son spinli zarralar (geliy atomi, fotonlar) Boze– Eynshteyn statistikasita, yarim son spinli zarralar (elektronlar, pro-tonlar va hokazo) Fermi statistikasita boʻysunadi. A.g .ning termodinamik xa-rakteristikalari ham ideal gaznikidan boshqacha boʻladi. Ammo bu tafovutlar ay-nish temperaturasi To dan yetarlicha past temperaturada namoyon boʻladi. Mas, geliy uchun aynish temperaturasi T0 4°K. Aynish hodisasi metallardagi elektron gazni oʻrganishda juda muhim (qarang Aynigan elektron gaz).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |