Ayniy surilmasi
Ayniy surilmasi – 1964-yil 24-aprel Toshkent vaqti bilan soat 13 dan 30 min. oʻtganda Zarafshon daryosining yuqori oqimida, Tojikistondagi Ayniy (sobiq Zahmatobod) qishlogʻidan 1 km yuqorida (Samarqand shahridan 140 km sharqda) togʻ jinslarining surilishi natijasida vujudga kelgan tabiiy toʻgʻon. Toʻgʻonning balandligi 130–150 metr uz. 750 metr eni 1000 metr Toʻgʻon maydalangan slanes, qumtosh, ohaktoshlar, harsang toshlar, qumoq va loy aralashmasidan iborat boʻlgan. Za-rafshon daryosida bunday katta tabiiy toʻgʻonlar avvallari ham boʻlib turgan. Chunonchi, 1888-yil yanvar oyi oʻrtalarida hozirgi Ayniydan 8 km yuqoridagi Sangiston qishlogʻi roʻparasida Zarafshon daryosi toʻgʻon bilan toʻsilgan. Toʻgʻonni ochish uchun qariyb 1000 kishi 2 oydan koʻp urinib suvga kichkina yoʻl ochish-gan. Birok uz. 15–20 km keladigan koʻl suvi toʻgʻonni urib, daryo boʻyidagi koʻp qishloqlarni yuvib ketgan. Bundan tashqari, Ayniy tabiiy toʻgʻoni boʻlgan joyda va undan 20–25 km yuqorida (Zarafshon daryosi boʻyida) surilish izlari saqlanib qolgan. Ayniy toʻgʻonining paydo boʻlishiga quyidagilar sabab boʻlgan: yomgʻir va qor suvlari bir necha yillar togʻ jinslari orasiga singib kelgan, natijada boʻsh jinslar oʻz tagidagi qattiq jinslardan ajrala boshlagan. 1964-yil aprelda boshqa yillardagi oʻrtacha 50 mm oʻrniga uch martadan ham ortiqroq yogʻin tushdi. Bu ham surilma qodisasini tezlashtirdi. Qulagan yon bagʻirning yuqori qismidagi buloq suvlari ham suril-ma sodir boʻlishiga sabab boʻlgan. Ayniy qishlogʻidagi surilma nishonlari 1961-yildayoq sezilaboshlagan edi. 1961-yil bahorida Zarafshon oʻzanidan 700–750 m balandligida yoriq paydo boʻlib, asta-sekin kengaya borgan. 1964-yil 24-aprel kuni Samarqand seysmik stansiyasi Toshkent vaqti bilan soat 13 dan 15 min. oʻtganda 4 balli zilzila boʻlganligini qayd qilgan. Toʻgʻon hosil boʻlgandan soʻng Zarafshon irmoqlari – Fondaryo bilan Mastchoxdaryo suvi butunlay toʻsilib, hosil boʻlgan koʻl suvi sathi kuniga 3–5 m dan koʻtarila borgan. Zudlik bilan toʻgʻon ochib yuboril-masa, toʻgʻonni suv urib koʻp yerlarni suv bosib ketish xavfi tugʻildi. Xavfni bartaraf etish maqsadida toʻgʻonning shimoliy qismida daryoning qadimgi terrasasi boʻylab 243toʻgʻonni qirqib kanal ochishga kirishildi. Kanal Zarafshon daryosining oʻng qirgʻogʻidan boshlandi. Ayniy koʻli suvini asta-sekinlik bilan oqizib yuborish eng zarur shartlardan biri edi. 6-may kuni tayyor boʻlgan kanaldan dastlab 2 m³/sek., 9-mayga borib 800 m3 sek. suv tusha bosh-ladi. 8-mayda koʻl sathi eng yuqori darajaga koʻtarildi (chuq. 72 m, suv hajmi 90 mln. m3). Kanal yuvilish natijasida eni 100–160 m ga yetdi. Koʻldagi suv hajmi qariyb 4-marta kamaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |