Ayniyat qonuni
Ayniyat qonuni – toʻgʻri, mantiqiy fikrlashning muhim qonunlaridan biri. Ayniyat qonuni mantiq fani (formal mantiq)da oʻrganiladi. Ayniyat qonuni ham tafakkurning boshqa qonun va shakllari singari predmet, hodisalarning ma’lum ob’ektiv xususiyat va munosabatlarini aks ettiradi. Predmetlarning nisbiy mustaqillikka ega boʻlish xususiyati, ma’lum davr ichida ma’lum muayyanlikni saqlab qolishi, ma’lum aniq mazmun va shaklga ega boʻlishi, boshqa narsalardan farq qilib turishi inson tafakku-rida bir necha minglab yillar davomida qayta-qayta aks etishi jarayonida Ayniyat qonuni shaklida ifodalangan. Bu qonun boʻyicha muhokamada, munozarada har bir fikr, har bir tushuncha oʻzining boshlangʻich ma’nosini oʻzgartirmasligi, aynan saqlanib qolishi, aniq, ravshan boʻlishi lozim. Ayniyat qonuni talablariga rioya etilmasa, fikrlash noaniq boʻladi, tushunchalar al-mashtirib yuboriladi, natijada tafak-kur ob’ektiv reallikni toʻgʻri aks etti-ra olmaydi, haqiqatni bilib boʻlmaydi. Faqat mantiqiy, tafakkur uchun xos boʻlgan bu qonunning mazmunini keng ma’noda ishlatish, ob’ektiv reallikka koʻchirish metafizikaga olib boradi. Bu qonun mantiqda A=A shaklida ifodala-nadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |