Ayol byusti
"Ayol byusti" yoki "Lauraning mukammal portreti" (?) (nemischa: Weibliche Büste, Idealporträt der Laura (?) ), italyan haykaltaroshi Franchesko Laurana (1430-1502) ijodiga mansub haykaltaroshlik portreti. Taxminan 1490 yilda yasalgan. Venadagi Sanʼat tarixi muzeyidagi Kunstkamerada saqlanadi.
Sayohatchi rassom Franchesko Laurana, asli Dalmatiyadan boʻlib, Janubiy Italiya va Janubiy Fransiyaga sayohatlari davomida Uygʻonish davri gʻoyalarini tarqatdi. Uning ijodi markazidan ayol byustlari guruhi oʻrin olgan boʻlib, ular haqida deyarli hech narsa maʼlum emas. Asarlari jumboqli yuz ifodalarida juda oʻxshash va goʻzallik idealining uslubiyatini oʻzida mujassam etganligi sababli ularni haqiqiy tarixiy shaxslar bilan bogʻlash qiyin. Bugungi kunda uning byustlari dunyoning turli muzeylarida saqlanmoqda.
Vena shahrida saqlanadigan namuna boshqalarga qaraganda yaxshiroq holatda saqlanib qolgan. Chunki u asosan oltin soch toʻrida mumdan yasalgan nozik qizil kurtaklari bilan asl rangini saqlagan. Oldin ayolning peshonasida haqiqiy qimmatbaho tosh bor edi.
Ushbu ayol byusti Eleanor yoki Aragonlik Izabella yoki ehtimol Ippolita Mariya Sforsa boʻlganligi haqida takliflar mavjud.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Конрад Шлегель.. Музей истории искусств. Вена. Кунсткамера, Вена, Музеи мира. London: C.H.Beck/Scala Publishers Ltd, 2013. ISBN 978-3-406-64752-9.
- Masterpieces of the Kunstkammer Vienna. A Brief Guide to the Kunsthistorisches Museum Vienna. Edited by. ISBN 978-3-99020-037-7. (Inglizcha)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. |