Ayollar Primyer Ligasi
Ayollar Primyer Liga – Hindistondagi kriket sport turi boʻyicha ayollar ligasi hisoblanadi. U Hindiston kriketni nazorat qilish kengashi tomonidan boshqariladi. Birinchi mavsum 2023-yil mart oyida oʻynalgan va u yerda Mumbay jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Musobaqa Mumbay va Navi Mumbay jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan.ikkinchi mavsum 2024 yil fevral-mart oylarida oʻynaladi. Uchrashuvlar Bengaluru va Dehlida oʻtkaziladi[1][2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hindistondagi birinchi ayollar oʻrtasidagi musobaqa Ayollar Twenty20 musobaqasi edi. 2018-yilda yakkalik bahs sifatida boshlangan va 2019,2020 va 2022-yillarda jamoadagi oʻyinchilar soni ikkitaga koʻpaygan. 2022-yilning fevral oyida Hindiston kriketni nazorat qilish kengashi prezidenti Sourav Ganguly Hindiston Primyer Ligasining ayollar versiyasini tashkil etish rejalarini eʼlon qilgan. Avgust oyida rejalar yanada rivojlantirildi va oktyabr oyida, Hindiston kriketni nazorat qilish kengashi 2023-yilning mart oyida boʻlib oʻtadigan turnirni oʻylayotganini eʼlon qildi. Ligani Ayollar Hindiston Primyer Ligasi deb atab yurishgan va keyinchalik, Jay Shah unga rasmiy Ayollar Primyer Ligasi deb nom bergan[3][4].
Tashkilot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liganing tuzilmasi Hindiston Primyer ligasi tuzilmasiga bogʻliq. Birinchi boʻlib besh jamoa oʻzaro bahslashishadi. Eng koʻp ballga ega boʻlgan uch jamoa musobaqaning playoff bosqichiga yoʻl oladi. Kengash oʻyinlar va musobaqalar sonini koʻpaytirishni rejalashtirmoqda. 2023-yil 4-mart dan to 26-martgacha birinchi mavsum oʻyinlari oʻtkazilgan. Unda 22 ta oʻyin Mumbayning Brabourne stadionida oʻtkazilgan. Mavsum davomida chiptalar ayollarga bepul taqdim etilgan. Liganing ramziy belgisi, Shakti – koʻk rangli kriket maxsus formasini kiygan yoʻlbars.
Moliyaviy masalalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hindiston kriket kengashi birinchi besh yil davomida olingan foydalarning 80%ini franchayzerlar oʻrtasida taqsimlashni rejalashtirmoqda. Keyingi besh mavsumda foydalarning 60%i taqsimlanadi, 11-15-mavsumlarda esa foydalarning 50%i taqsimlanadi[5]. Bundan tashqari, tanlov uchun litsenziyalash huquqlarining 80% daromadlari franchayzerlarga taqsimlab beriladi. Franchayzerlar daromad, chiptalar va reklamalarni ishlab chiqadi[6].
Oʻtkaziladigan hududlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Televideniya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil yanvar oyida Viacom18 musobaqa uchun televideniya va radio eshittirishlar uchun global ommaviy axborot huquqlarini sotib olganligini eʼlon qildi. Kontrakt besh yil davomida davom etadi va ₹951 chorga (US $ 120) qiymatga ega boʻladi. Birinchi mavsum Hindistonning Sport18 TV kanali va JioCinema ilovasida namoyish etiladi. Mavsumn Buyuk Britaniyada Sky Sports, Avstraliyada Fox Sports, AQSh va Kanadada Willow TV va Janubiy Afrikada Supersport telekanallarida namoyish etiladi. Yangi Zelandiyada esa Sky Sport, Malayziyada va Gonkongda Astro Cricket telekanallarida yoritib boriladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ "Womenʼs IPL: BCCI earns Rs 4669.99 crore windfall for 5 teams". Rediff. 25 January 2023
- ↑ Let the journey beginʼ: BCCI garners Rs 4669.99 crore for sale of 5 Womenʼs Premier League teams". The Times of India. 25 January 2023. Retrieved 26 January 2023
- ↑ Acharya, Shayan (12 August 2022). „Womenʼs IPL: BCCI exploring late February-March 2023 window for the T20 tournament“. sportstar.thehindu.com. Retrieved 16 February 2023
- ↑ "BCCI to hold inaugural Womenʼs Indian Premier League in March 2023". Outlook. 12 August 2022. Retrieved 16 February 2023
- ↑ "BCCI invites bids for Womenʼs Premier League title sponsorship rights for 2023-2027". Deccan Herald
- ↑ Kishore, Shashank (3 March 2023). „WPL – a league long overdue, and already making dreams come true“. ESPNcricinfo. Retrieved 10 April 2023