Kontent qismiga oʻtish

Ayollar sporti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
</img>
</img>
</img>
</img>
Kanadalik ayollar ringet oʻyinchilar; AQSh golfchisi, Mischelle Wie ; Ispaniyalik voleybolchi, Mireya Delgado; Argentinalik xokkeychi, kolumbiyalik velosipoygachi Mariana Pajon

Ayollar va qizlarning sport bilan shugʻullanishi, jismoniy tarbiya va jismoniy mashqlar bilan mashgʻul boʻlishi tarixdan mavjud boʻlgani qayd etilgan. Biroq, ishtirok etish koʻrsatkichlari va musobaqalar millat, davr, geografiya va iqtisodiy rivojlanish bosqichiga qarab bir-biridan farq qiladi. Dastlab norasmiy tarzda sodir boʻlgan boʻlsa-da, zamonaviy sport davri erkaklar va ayollar uchun kech sanoat davrigacha paydo boʻla boshladi.

Taxminan 1870-yilgacha ayollarning sportdagi faoliyati norasmiy va koʻngilochar xarakterga ega boʻlib, qoidalar yoʻq edi va raqobatdan koʻra jismoniy faoliyatga koʻproq urgʻu berilardi.[1] Bugungi kunda ayollar sporti haqiqiy sportga xos boʻlib, xalqaro miqyosda turli joylarda ham havaskor sport darajasida, ham professional darajada oʻtkazila boshlandi, lekin birinchi navbatda, ayollar sport oʻyinlarini tashkil etish va shu asnoda boylik toʻplash holatlari asosan rivojlangan mamlakatlarda uchraydi. 20-asrning oʻrtalari va soʻnggida ayollarning sport bilan shugʻullanishi va ularning ommaviyligini taʼminlash, ayniqsa asr soʻnggi choragida juda katta eʼtiborni oʻziga qaratdi. Ayollar tomonidan juda kam tashkil etilgan sport turlari ham ixtiro qilingan. Newcomb toʻpi, netbol, akrobatik gimnastika va tambling[2] va shuningdek stoolbol kabi sport turlari bunga misol boʻla oladi.[3][4][5]

Ayollarning sport bilan shugʻullanishi rivojlangan mamlakatlarda koʻproq kuzatiladi va koʻpincha Amerika Qoʻshma Shtatlarida ommalashgan feministik mafkura boʻlgan gender pariteti feminizmining mavjudligi bilan izohlanadi.[6] Bugungi kunda ishtirok etish darajasi va koʻrsatkichlar mamlakat va sport turiga qarab sezilarli darajada farq qiladi. Ayollarning sport bilan shugʻullanishi ortib borayotganiga qaramay, erkaklar demografik koʻrsatkichlari hali ham yuqori.  Bu demografik farqlar global miqyosda kuzatiladi. Ayollar ustunlik qiladigan sport turlari esa bundan mustasno. Qoʻshma Shtatlarda qizlarning sport bilan shugʻullanishi Gʻarbiy Yevropa va Lotin Amerikasi kabi dunyoning boshqa qismlaridagi davlatlarga qaraganda yuqoriroq koʻrsatkichga ega.[7]

Argentinalik xokkeychi Lusiana Aymar

Ayollar sport toifalariga nisbatan ikkita muhim boʻlinma mavjud. Ushbu sport turlari faqat uyushgan ayollar sporti sifatida paydo boʻlgan yoki birinchi marta erkaklar demografikasi tomonidan ommalashgan sportning uyushgan ayol varianti sifatida ishlab chiqilgan va shuning uchun ayollar toifasiga aylangan. Ayol variantlari keng tarqalgan, uyushgan ayollar sportlari esa kamdan-kam holda uchraydi. Shuningdek, jamoaviy sport turlari, jumladan, netbol, otish toʻpi, badiiy (née sinxronlashtirilgan) suzish,[8] va ringette kabilar aynan ayollar sport turi sifatida qaraladi. Erkaklar oʻzlarining biologik afzalliklari[9][10][11] tufayli butun dunyo boʻylab sportning aksariyat turlarida eng yuqori elita oʻrinlarini egallaydilar va erkak sportchilarni ataylab chetlatish erkak ishtirokchilarning shu sababdan ustunlik qilishiga toʻsqinlik qiladi. Erkak sportchilarni ayollar sportidan ongli ravishda chetlashtirish ularga erkaklar emas, balki elita darajadagi ayol sportchilarni yetishtirish imkonini berdi. Bundan tashqari, ayollar sporti ayollar va qizlarga oʻziga xos afzalliklarni taqdim etadi, bu ularga erkaklar bilan eʼtibor uchun raqobat qilishdan koʻra, sportning asosiy sportchilari sifatida ishtirok etish imkoniyatini yaratadi, bu yutuq erkaklarning ishtiroki bilan buzilishi mumkin.[12] 1963-yilda yaratilgan Kanada ringet sporti tarixdagi soʻnggi jamoaviy sport turi boʻlib, u faqat ayollar uchungina yaratilgan sport turi hisoblanadi.

  1. Gerber, E.W., Felshin, J., Berlin, P., & Wyrick, W. (Eds.). (1974). The American woman in sport. Reading, MA: Addison-Wesley.
  2. „Sports women created for women“ (inglizcha). nbcsports.com. Sports Boston (8-mart 2017-yil). Qaraldi: 17-mart 2022-yil.
  3. Macarena Gómez Miñano. „Un nuevo deporte llega a Buenos Aires“ (ispancha). clarin.com. Diarios Clarín (15-fevral 2019-yil). Qaraldi: 9-may 2022-yil.
  4. Baskua Argentina. „Baskua inline skate“ (ispancha). youtube.com. Baskua Argentina (10-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 9-may 2022-yil.
  5. Pamela Frey. „BASKUA ¿UNA DISCIPLINA DEPORTIVA?“ (inglizcha). rollertur.blogspot.com. Rollertur (21-iyun 2019-yil). Qaraldi: 9-may 2022-yil.
  6. „Women's interest in sport continues to grow“ (inglizcha). Iberdrola. Qaraldi: 19-may 2021-yil.
  7. Marshall, J.; Hardman, K. (24-iyul 2016-yil). „The State and Status of Physical Education in Schools in International Context“. European Physical Education Review. 6-jild, № 3. 203–229-bet. doi:10.1177/1356336x000063001.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  8. Valosik. „Where Did 'Synchronized Swimming' Go?“ (inglizcha). The Atlantic (7-avgust 2021-yil). Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  9. David Reider. „Lia Thomas, Transgender Swimmer from Penn, Swims Fastest Times in Nation; Controversy Brewing“ (inglizcha). swimmingworldmagazine.com (7-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2021-yil.
  10. „Canadian women's hockey team blanked at Capital City Challenge“ (inglizcha). SportsNet.ca. Canadian Press (28-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2021-yil.
  11. Roger Gonzalez. „FC Dallas under-15 boys squad beat the U.S. Women's National Team in a scrimmage“ (inglizcha). cbssports.com (4-aprel 2017-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2021-yil.
  12. Laura Sciarpelletti. „From race to grace: why these Regina men took up artistic swimming“ (inglizcha). cbc.ca (16-mart 2022-yil). Qaraldi: 17-mart 2022-yil.