Ayrapet Arushanov
Qiyofa
Ayrapet Arushanov — 1881-yili tug‘ilgan, Armaniston SSR Gerusin rayoni Xonzirak qishlog‘idan, millati arman, 1918-yildan “Dashnoq-Sutyun” tashkilotining aʼzosi. 1918—1921-yillarda Dashnoq hukumatining qishloq komissari bo‘lib ishlagan. 1921-yili Eronga qochib ketgan. 1930-yili o‘g‘irlik qilgani uchun 5 yil qamoqqa hukm qilingan, jazo muddatini o‘tagan, hibsga olingan vaqtda Markaziy spirt magazinining mudiri. Aholi orasida doimiy ravishda aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik targ‘ibotini olib borganlikda, xalq dushmanlarini maʼqullab gapirganlikda, monarxik tuzumni maqtaganlikda, sovet matbuoti haqida bo‘hton so‘zlar aytganlikda ayblangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 163-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.