Ayronkoʻl mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ayronkoʻl mahallasi
Mahalla
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Xorazm viloyati
Tuman Qoʻshkoʻpir tumani
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 220600[1]
Avtomobil kodi 90

Ayronkoʻl mahallasi Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi mahallalardan biri hisoblanadi. Mahalla tumandagi tarixiy mahallalar sirasiga kiradi. Rivoyatlarga koʻra qadimda bu yerda bir odam qushini yoʻqotadi va hayron boʻlib qoladi. Vaqt oʻtishi bilan bu yerlarga Hayronkoʻl deb nom beradilar. Biroq nom Xorazm shevasiga moslashtirilib Ayronkoʻl deb atala boshlanadi. Chunki Xorazm shevasida ayrim soʻzlarda boshidagi harflarni tushib qoldirgan holda talaffus qilinadi. Bunday nomdagi mahallalar Xorazmdan tashqari Andijon, Qashqadaryo viloyatlarida ham uchraydi. Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi mahallaning toponomikasi shunday izohlanadi: "Oʻzbek xalqi tarkibidagi urugʻlardan birining nomidan olingan. Tilshunoslar fikricha, -chi affiksi maʼnosiga koʻra, toponimikada -lik affiksiga yaqin: ayronchi – ayronli(k), fargʻonachi – fargʻonalik va hokazo. Bundan tashqari Buxoro viloyatida ham shu nomli qishloqlar bor. Qahqadaryo viloyatidagi Koson va Kitob tumanlaridagi qishloqlarning nomi bu yerda qadimda shu nomdagi urugʻ nomidan olindan deyiladi[2]. MAzkur toponim respublikaning turli xil viloyatlarida uchratish mumkin. T.Nafasov Qashqadaryo viloyatidagi Koson va Kitob tumanlaridagi bu toponimni oʻzbek xalqi tarkibidagi urugʻlardan olingan deya talqin qiladi. Bu urugʻning nomi ayronchi. Atama tarkibidagi ayron+chi yani ayron – qush turi va chi qoʻshimcha. Chi qoʻshimchasi shu yerlik degan maʼnoni anglatadi. Boshqa tadqiqotchilarning fikriga koʻra ayronchi – ayron qushini totem deb biluvchi insonlar jamoasiga aytiladi deyiladi[3].

Yangiliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorazm viloyati Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tumani Kengashining 2014-yil 8-avgustdagi 24-107 sonli „QOʻSHKOʻPIR TUMANIDAGI AHOLI PUNKTLARINING TARKIBIY QISMLARIGA NOM BERISH VA QAYTA NOMLASH TOʻGʻRISIDA“gi qaroriga muvofiq Qoʻshkoʻpir tumani, dagi geografik obyektlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish natijalari asosida ularni nomlash va qayta nomlash boʻyicha takliflar roʻyhatiga kiritildi[4].

Besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi streetball boʻyicha qizlar oʻrtasidagi musobaqaning respublika bosqichiga mamlakatimizning 14 ta hududidan 210 nafar, Toshkent shahri mezbonlik qilgan yigitlar oʻrtasidagi bellashuvga 245 nafar mahalla yoshlari yetib keldi. Bu musobaqa doirasida Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpi tumanining Ayronkoʻl mahallasining qizlari ham faol qatnashdi va respublika bosqichigacha yetib bordi[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Xorazm viloyati aholi punktlari pochta indekslari“. https://www.goldenpages.uz/uz/pochta/khorezm_region_pochta/. Qaraldi: 26-oktyabr 2023-yil.
  2. (B. X. Karmisheva. Ocherki etnicheskoy istorii. C. 102
  3. OʻZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUGʻATI. Toshkent. 2022
  4. https://lex.uz/docs/-2500583
  5. https://yoshlarovozi.uz/oz/news/mashqning-mevasi