Ayub Shahobiddinov
Ayub Shahobiddinov | |
---|---|
Tavalludi |
26-may 1977-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti |
Kasbi | Rejissyor, ssenariynavis |
Faoliyat yillari | 2003-yildan hozirgacha |
Mukofotlari | Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Ayub Shahobiddinov (1977-yil 26-may, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek rejissyori va ssenariynavisi. U Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi hamda Doʻstlik ordeni sohibi.[1]
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayub Shahobiddinov 1977-yil 26-mayda Toshkentda tugʻilgan. U 1999-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. Institutni tamomlab, Milliy teleradiokompaniyada telerejissor sifatida faoliyat olib borgan. U televideniyeda ishlab yurgan yillari Moskvadagi ssenariy va rejissorlik oliy kurslariga ariza topshiradi, shundan soʻng ikki yil davomida S.Solovyov va V.Rubinchiking mahorat darslariga qatnashadi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, Shahobiddinov Oʻzbekistonga qaytib keladi va oʻz karyerasini Oʻzbekistonning yetakchi kinostudiyalaridan, Oʻzbekfilm kinostudiyasida boshlaydi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning „Qor qoʻynida lola“ (2003) nomli debyut filmi Toshkentda oʻtkazilgan „Ijodiy Parvoz“ xalqaro festivalida Gran-pri sovrini bilan mukofotlanadi, 2004-yilda Xalqaro Kann kinofestivalida konkursdan tashqari namoyish qilinadi. Bundan tashqari rejissorning kinoplyonkada suratga olingan ilk filmi, „Koʻrgilik“ (2005) ham „Ijodiy parvoz“ xalqaro festivalida namoyish etiladi va keyinchalik filmni Ozarbayjonning Boku shahrida oʻtkazilgan „Start“ yoshlar festivalida ham maxsus namoyish etishadi.
2007-yildan boshlab Ayub Shahobiddinovning filmlari dunyoning turli mamlakatlarida oʻtkazilgan xalqaro festivallarda ishtirok etadi. „Oʻtov“ (2007)[2] filmi Rossiyaning Kinoshok festivalida eng yaxshi aktyor nominatsiyasi bilan, Turkiyaning Kemri shahrida „Cinemarina“ xalqaro kinofestivalida gran-pri va Toshkentda Milliy kinofestivalda gran-pri bilan mukofotlanadi. Bundan tashqari „Oʻtov“ Tojikistonning Dushanbe shahrida oʻtkazilgan „Didor“ (Wayback Machine saytida 2021-06-07 sanasida arxivlangan) xalqaro kinofestivalida maxsus hakam mukofoti bilan va „Oltin minbar“ Xalqaro Musulmon kino festivalida Turkiy kinematografiyaga qoʻshgan hissasi uchun diplom bilan mukofotlanadi. Rejissorning „Parizod“ (2012)[3] filmi ham koʻplab xalqaro kinofestivallar ishtirokchisi va sovrindori boʻlgan. Jumladan Nyu York Yevroosiyo kinofestivali da "Eng yaxshi rejissor" nominatsiyasi bilan[4], Rossiyada S.Bondarchuk nomidagi „Volokolamskiy rubej“ xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasi bilan[5], MDX, Latviya, Litva va Estoniya uchun Kinoshok festivalida gran-pri bilan mukofotlanadi. „Parizod“ filmi Shanxay Xalqaro Kinofestivalida maxsus namoyish etiladi. „Rangsiz tushlar“[6][7](2020) psixologik dramasi Bangladesh „Cinemaking“ xalqaro kinofestivali (Wayback Machine saytida 2020-12-04 sanasida arxivlangan) da eng yaxshi ssenariy nominatsiyasi boʻyicha mukofotlanadi. Bundan tashqari ushbu film 2021-yilda "Oltin humo" milliy kinotaqdimotning "Eng yaxshi rejissorlik ishi", "Eng yaxshi bastakorlik ishi" va "Eng yaxshi ssenariy" nominatsiyalari boʻycha ham mukofotlandi.
Ayub Shahobiddinov yoshlar orasida oʻzining „Sevinch“ (2004), „Telba“ (2008), „Kechikkan hayot“ (2010), „Turist“ (2013) kabi filmlari va „Artist“ (2016-yil) sitkomi bilan ham mashxur
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film | Yil | Festival | Mukofot | Davlat |
---|---|---|---|---|
Qor qoʻynida lola | 2003 | Ijodiy Parvoz Xalqaro festivali | Gran-pri | Oʻzbekiston |
Sevinch | 2004 | |||
Koʻrgilik | 2005 | |||
Oʻtov | 2007 | Kinoshok Xalqaro festivali | Eng yaxshi aktyor | Rossiya |
Cinemarina Xalqaro kinofestivali | Gran-pri | Turkiya | ||
Toshkent milliy kinofestivali | Gran-pri | Oʻzbekiston | ||
Didor Xalqaro Kinofestivali | Maxsus hakam mukofoti | Tojikiston | ||
"Oltin minbar" Xalqaro Musulmon Kinofestivali | Turkiy kinematografiyaga qoʻshgan xissasi uchun | |||
Telba | 2008 | |||
Kechikkan hayot | 2010 | "Золотой Витязь" Xalqaro festivali | "Бронзовый Витязь" sovrini | Rossiya |
Eng yaxshi aktyor | ||||
Parizod | 2012 | Nyu York Yevroosiyo kinofestivali | Eng yaxshi rejissor | AQSh |
Volokolomskiy rubej | Eng yaxshi aktrisa | Rossiya | ||
Kinoshok Xalqaro kinofestivali | Gran-pri | |||
Turist | 2013 | |||
"Artist" sitkom | 2016 | |||
Rangsiz tushlar | 2020 | Cinemaking | Eng yaxshi ssenariy | Bangladesh |
Oltin humo | Eng yaxshi rejissorlik ishi | Oʻzbekiston | ||
Eng yaxshi ssenariy | ||||
Eng yaxshi bastakorlik ishi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Prezident Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir guruh fuqarolarni mukofotladi“. Kun.uz.
- ↑ arxiv nusxasi, 2016-06-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-05-19
- ↑ https://www.amerikaovozi.com/a/parizod-ayub-shaboddinov-interview/2977617.html
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
- ↑ [1] (Wayback Machine saytida 2021-05-19 sanasida arxivlangan)[2]