Azamat Kudzaev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻlgʼusi reper 1990-yilning dekabr oyida Shimoliy Kavkazda tavallud topgan. Bolalik va oʻsmirlik vaqtlarini Azamat Vladikavkazda oʻtkazadi. Ota onasining sanʼatga aloqasi boʻlmasa ham, Azamatning uyida butunlay sanʼat atmosferasi surar edi. Ota onasi — Osetinlar, kasbi shifokor. Uning Otasi Kazbek Kudzaev Vladikavkazlik taniqli jarroh, Shimoliy Osetiyadagi ortopediya va estetik xirurgiya markazini boshqaradi.

Azamat yoshlik davridan oʻzining koʻp tomonlama talantlarini namoyish eta boshlaydi: juda ham koʻp kitob oʻqiydi, yakka jang turlari bilan shugʻullanadi, bolada kichikligidan musiqiy ohang va goʻzal ovozni aniqlashgan. Maktabda Azamatni Shau (Osetin tilida „sau“ — qora tanli) deb atashadi. Shunday qilib Azamatning birinchi ijodiy tahallusi paydo boʻladi. Ikkinchi — MiyaGi tahallusi esa „karatechi bola“ filmidagi bolaning murabbiyi, jang sanʼatlari ustasi sharafiga qoʻyilgan. Azamat va uning doʻsti Soslanning ijodida juda koʻp marta jahon filmlariga iqtibos keltiriladi.

Kasbi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Azamat Kudzaevga bu kasbni tanlashiga bir fojea sabab boʻladi. U 7 yoshida tramvay ostiga tushib qoladi va omon qoladi. Shifokorlarning say-haraktlari boʻlgusi reperni oʻlim yoqasidan qaytarib qoladi. Azamat maktabdan keyin Tibbiyot Institutini tanlar ekan, shifokorlarga ikkinchi hayot uchun minnatdorchilikni boʻyniga oladi.

Boʻlgusi reper hozirda ajoib ortoped va plastik jarroh boʻlishi mumkin edi, lekin uning musiqaga boʻlgan qiziqishi shunchalik kuchliligidan, u, oʻz oʻgʻlini ajdod kasbining davomchisi sifatida koʻrishni istagan otasiga bu haqda ochiqchasiga aytishga majbur boʻladi. Uning otasi oʻgʻlining bu tanlovini eshitib unchalik ham hursand boʻlmadi, lekin u oʻz farzandiga tanlagan yoʻli boʻyicha davom etishga ruxsat beradi. Azamat otasiga „borgan yerimda“ eng zoʻri boʻlaman" deb vaʼda beradi.va bu vaʼdasini ustidan 1 yilda chiqib ulguradi, bu vaqt davomida Ossetialik reper — MiyaGi`ning ismini Vladikavkazdan ancha uzoq masofadagi xip-xop ihlosmandlari ham tanib ulguradi.

Reperlik karyerasining boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

MiyaGi`ning ijodiy karyerasi Tibbiyot Institutining ilk kurslaridayoq boshlanadi. Oʻzining debyut treklarini 2011-yilda yozadi, 4 yildan keyin esa u oʻz „meloman“ ihlosmandlariga oʻzining birinchi albomini sovgʻa qiladi. Albom Sankt-peterburg shahrida yoziladi. Bu yerda u oʻz ovoz yozish studiyasini ochadi. Bu studiyada Azamatning boʻlgusi duetlardagi hamkori — Soslan Burnatsev (Endspiel/Andy Panda) ham keladi. U nafaqat rep ihlosmand va ijrochisi, balki Azamatning yurtdoshi ham boʻlib chiqadi (Soslan ham Vladikavkazlik boʻladi). Burnatsev Kudzaevdan 5 yosh kichik, rep bilan 15 yoshidan beri shugʻullanib keladi. Maktabni bitirib, Endshpil texnolog kasbini tanlaydi, lekin oliygohdagi vaqtlaridayoq, u kelajakda reper boʻlishni istagan. Endshpil bilan tanishuvdan oldin MiyaGi bir nechta replarini yozib ulguradi, jumladan: „Dom“, „Bonni“, „Nebo“ va „Ya po ushi v tebya vlyublen“.

Duet[tahrir | manbasini tahrirlash]

MiyaGi va uning ijodiy hamkori Endshpil oʻz dastlabki treklarini har xil ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishadi, jumladan YouTubeda ham. Bu duet koʻz ochib yumguncha muxlislar armiyasini yigʻib olishga ulguradi. Duetning dstlabki kliplari juda sodda boʻlgan, sababi yuqori saviyali kliplar olishga bu ikki reperda sarmoya boʻlmagan. „VKontakte“ ijtimoiy tarmogʻida joylangan duetning ilk treklari shu zahotiyoq minglab layk yigʻib ulguradi. Bu ikki reperlar fitlar, yulduzlardan reklamalar va pulsiz ham Shou-biznes olamida yuqorilab ketsa ham boʻlishini isbotlaydi.

2016-yilda MiyaGi va uning doʻsti, ularni xit-paradlarning choʻqqisiga olib chiqqan 2ta albom, yaʼni Hajime va Hajime 2 larni dunyoga koʻrsatishadi. 2016-yilning oʻzidayoq MiyaGi & Endshpil — „Tamada“ trekining premyerasi boʻlib oʻtadi, kechroq esa ular bu qoʻshiqqa remiks chiqarishadi.

2017-yilda esa duet AmiGo bilan fit, yaʼni yangi „Umshakalaka“ albomiga dunyo yuzini koʻrsatishadi. Bu albom ham oʻzidan oldingi 2ta albom singari xit-paradlar va internetdan yuklangan qoʻshiqlar ichida dastlabki oʻrinlarni egallaydi.

Bu albomda fitlarga juda koʻp eʼtibor beriladi, jumladan: Rem Digga, Simptom, Fuze lar bn fitlar. „Otsu otsip“, Believe Me Tonight (feat. AmiGo), „Zaplakannaya“, „Badabum“, Be My Sky, „Rayzap“ qoʻshiqlari xit darajasiga koʻtariladi. Duet 2017-yilda muxlislarini xitlar ketma-ketligi bilan hursand qiladi, ular shu yilning oʻzidayoq, albomdan tashqari, No Reason (feat. Truwer), „Moya banda“ (feat. Mantana) i „Plamya“ (feat. Namo Minigan) treklarini reliz qilishadi.

2017-yildagi reper hayotidagi fojeali sahifalar duetning ijodiy faoliyatiga oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmadi: „сонная лощина“ nomini olgan yangi „single“ 2018-yilning may oyida, yaʼni bir yildan ziyodroq vaqtga kechikib dunyo yuzini koʻradi. Va bu trek ortidan ketma-ket Captain, sorry va „Rodnaya poy“ treklari chiqadi.

2019-yil boshida reperning ijodiy hamkori va doʻsti Soslan oʻz taxallusini Andy Pandaga oʻzgartiradi va shundan keyin duet nomi MiyaGi & Endspiel`dan MiyaGi & Andy Pandaʼga oʻzgaradi. Shu yilning yozidayoq Azamat yangi single albomi — Buster Keatonʼni relizini amalga oshiradi. Shu yili artist Scriptonite bilan kollaboratsiya boshlab muxlislarini quvontiradi. Bu duet „Kino bez sigaret“ albomi uchun 104 „Ne jal“ qoʻshigʻini yozadi.

2020-yilda duet Yamakasi klipi ustidagi ishini yakunlab uni reliz qiladi, video reperlarning vatani boʻlgan Shimoliy Ossetiada suratga olinadi, Yegor Tarasov klipda rejissorlik qiladi. Mazkur klip rejissor va reperlar oʻrtasidagi birinchi ijodiy hamkorlik emas, oldinroq, ular birgalikda „Tam reveli gori“, Minor, „Malo nam“ uchun kliplar ishlagan edi. Shu yili Dekabr ohirida duet oʻz diskografiyasini yana bir trek — „Ne jaleya“ bilan toʻldiradi.

Hajime Records[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda MiyaGi hamkori bilan shaxsiy leybli — Hajime Records ustida ishlashyapti va auditoriyasini yangi ijrochilar bilan tanishtirishyapti. Debyutant sifatida Mav-d 2021-yili leyblga aʼzo boʻlgan. Hozirda leybldagi ijrochilar soni ancha koʻpaygan: TumaniYO, KADI, HLOY, Castle, Ollane lar ham Hajime Records bilan kontrakt tuzishgan. MiyaGi oʻz vaqtini kitob bilan oʻtkazishni juda ham yaxshi koʻradi. Uning fikricha, adabiyot dunyoqarashni kengaytirib, trek matnlariga yangiliklar kiritishga yordam beradi. Azamatning sevimli yozuvchisi — Oskar Uayld.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayoti haqida reper juda kam gapiradi. Hususan uning otasi intervyularning birida, Azamat Vladikavkazdan Sankt-Peterburgga xotini Ilona Tuskaeva bilan birga koʻchib ketganini gapirib beradi. MiyaGi oʻz umr yoʻldoshini tibbiyot oliygohida uchratgan.

2016-yilda MiyaGi`ning oʻgʻli dunyoga keladi. Oʻgʻli bilan birgalikdagi fotosurati artistni fan-sahifalarida tarqalib ketadi, artistning oʻzi esa ijtimoiy tarmoqlarda sahifa yuritmaydi.

2017-yilning 8-sentabrida MiyaGi`ning hayotida daxshatli hodisa roʻy beradi, uning bir yarim yoshli oʻgʻli, oilasi bilan yashab kelayotgan 9-qavatdagi uyning derazasidan tushib ketadi. Bola tez yordam kelishagacha halok boʻladi. MiyaGi`ning doʻstlari bu hodisani oʻz sahifalarida yoritishadi. Maʼlum boʻlishicha bola Moskvadagi 2-3 hafta oldin MiyaGi tomonidan ijaraga olinga uyning derazasidan tushib ketgan. Reper bu vaqtda yangi treklarni yozish bilan mashgʻul boʻlgan va uyiga kam kelib turgan. Ilona oshxonani shamollatish uchun oynani biroz ochiq qoldirib xoinadan chiqib ketgan vaqtda, bola derazaga chiqib oynaga tayanadi va shu vaqtda oyna butunlay ochilib ketib, bola 9-qavatdan tushib ketadi. Bolada tirik qolish ehtimoli boʻlmagan. 10ga yaqin kishi hodisaning tirik guvohlari boʻlib qolishadi.

Hodisani birinchilardan boʻlib kuryer koʻrib qoladi va buyurtmachiga qoʻngʻiroq qiladi, uyda Ilona yugurib chiqadi va reperni chaqiradi, voqea joyiga Azamat 1soat oʻtibgina yetib keladi. Kudzayevga shifokorlar tinchlantiruvchi berib birinchi yordam koʻrsatishlariga qaramay, u stress holatida uyining kirish qismini ostin-ustun qilib yuboradi. Reperning otasida Xorvatiyadagi dam olish kunlarini chetga surib Moskvaga yetib keladi va oʻgʻliga taskin beradi.

Fojeadan keyingi hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fojea reperning hayotini ikki qismga — „avval“ va „ keyin“ga boʻlib yuboradi. 9 oy davomida reper dipressiya holatida boʻlgani uchun sahnaga chiqmaydi. Reperning gastrol safariga rad javobini berganligiga qaramay, uning sahna direktori — Nikolay Ten yulduzning har xil shaharlarda sahnaga chiqishi uchun biletlarni sotishda davom etadi, tashkilotchi, pullarni olgan zahoti reper koʻzidan qochadi va unga gastrol safarlari bilan bogʻliq anchagina muammolarni yaratadi.

2020-yilning 8-dekabrida MiyaGi`ning qizi dunyoga keladi. Bu voqeani hip-hop ihlosmandlari, ohirgi vaqtlarda shou-biznes olamidagi eng yaxshi voqea deb tan olishadi. 2023-yilning yanvarida esa artist uchinchi bor otalik hissiga muyassar boʻlgani maʼlum boʻldi — Ilona oʻgʻil farzand koʻrdi.

2022-yilda MiyaGi faoliyatini juda uzoq tanaffus bilan toʻxtatib turadi. Reperning aytishicha — bu dunyodagi ahvolning yechimi boʻldi. u faoliyatini „Patron“ trekiga klip ishlash bilan davom ettirdi. Shu vaqtning oʻzida duet, Hattori nomini olgan yangi albomni anons qiladi. Mazkur mini-albom 6ta trekni oʻz ichiga oladi.

Plastinkaning dunyoda boʻlayotgan voqea-hodisalarga kesatilayotgan „qorongʻgu“ atmosferasi, odamlarni „yorugʻlik“ tomonga undayotgan falsafiy tub maʼnoga ega boʻldi. Shu yilning kuzida, Ossetianing goʻzal togʻlarida, Silhouette trekiga suratga olingan klip reper muxlislarini quvontirdi. Maʼlumot ornida, klipning suratga olish jarayonida, aktyor sifatida, rossiyalik mashxur kurashchi Viktor Zangiyev ham qatnashdi[1].

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

MiyaGi & Endspiel[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013 — ЭNaMi (feat. Namo Minigan)

2016 — Hajime, pt. 1

2016 — Hajime, pt. 2

2017 — «Умшакалака» (feat. Amigo)

2018 — Hajime, pt. 3

2020 — YAMAKASI

2022 — Hattori

MiyaGi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019 — Buster Keaton

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sergeyeva, Yelizaveta „Miyagi (Мияги) — биография, личная жизнь, фото, новости, Эндшпиль (Andy Panda), песни, концерты, сын 2023 - 24СМИ“. 24СМИ. Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.