Azande
Qiyofa
Azande, Banda – Markaziy Afrikadagi yassi togʻlik. Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respu-blikasi va Sudan hududlarida, Kongo da-ryosi, Chad koʻli va Nil daryosi havzalari oraligʻidagi suvayirgʻich. Tokembriy davriga oid kristalli va metamorfik togʻ jinslaridan tuzilgan. Oʻrtacha balandligi 600–900 m (eng baland joyi gʻarbida – 1388 m). Boʻliq oʻtlar oʻsadi, onda-sonda barg toʻkuvchi oʻrmonlar uchraydi, daryo sohillari doim yashil oʻrmonlar bilan qoplangan. Oltin va olmos konlari bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |