Kontent qismiga oʻtish

Azeotrop aralashmalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Azeotrop aralashmalar – haydalganda ajralmaydigan va tarkibi oʻzgarmaydigan eritmalar. Azeotrop aralashmalarning mav-judligini ilk bor 1810-yilda ingliz ki-myogari va fizigi J. Dalton aniqlagan. Baʼzi Azeotrop aralashmalar tarkibidagi alohida kompo-nentlarga qaraganda ancha yuqori temperaturada, baʼzilari esa pastroq temperaturada qaynaydi. Masalan, 95,57% etil spirti (78,5°da qaynaydi) va 4,43% suvdan (100°da qaynaydi) iborat aralashma 78,15°da qaynaydigan Azeotrop aralashmalar hosil qiladi. Aksin-cha tarkibida 69,2% nitrat kislota (84°da qaynaydi) va 30,8% suv boʻlgan Azeotrop aralashmalar esa 121,8°da qaynaydi. Uch va undan ortiq mod-dalar aralashmasi ham Azeotrop aralashmalar boʻlishi mumkin. Tashqi bosim oʻzgarishi bilan Azeotrop aralashmalarning qaynash temperaturasi, tarkibi oʻzgaradi, shundan foydalanib, Azeotrop aralashmalar tar-kibiy qismlarga kimyoviy yoʻl bilan turli bosim ostida haydab ajrati-ladi.212

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil