Azidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Azidlar – kimyoviy birikmalar, tarkibida bir yoki bir necha – N3 guruhi boʻlgan azid kislota hosilalari. Anorganik A.ga azid kislota tuzlari [mas, natriy azid NaN3, qoʻrgʻoshin azid Pb(N3)2], galogenazidlar (mas, xlor-azid C1N3) va boshqa kiradi. Koʻpchilik anorganik A. yengil zarblanish yoki ishqalanish na-tijasida nam holda boʻlishiga qaramay portlash xossasiga ega (mas, qoʻrgʻoshin azid portlash xossasini kuchaytiruvchi modda sifatida qoʻllaniladi). Azid kis-lota va uning boshqa tuzlarini olishda odatda suyuqlantirilgan natriy amid orqali azot (1)-oksid oʻtkazish yoʻli bilan olinadigan natriy azid xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Barcha organik A., alkil va aril (umumiy formulasi RN3) yoki atsil ma’lum darajada portlovchi mod-dalar xossasiga ega. Nitroguanilazid HNqC(NHNO2)N3 organik A.ga misol boʻla oladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil