Kontent qismiga oʻtish

Azim Latipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Azim Latipov
Tavalludi 5-iyun 1951-yil (1951-06-05) (73 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi fermer, chorvachilik mexanigi
Unvoni Oʻzbekiston Qahramoni

Azim Shukurovich Latipov (1951-yil 6-iyun – Shofirkon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) – fermer, chorvachilik mexanigi, Oʻzbekiston Qahramoni (2002)[1].

Hayoti va mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1951-yil 6-iyun Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Buxoro viloyati Shofirkon tumani (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Shofirkon tumani) da tavallud topgan[2].

Mehnat faoliyatini 1971-yilda chorvachilik mexanigi sifatida jamoa xoʻjaligida boshlagan. Buxoro viloyatida paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik sohalarda faoliyat yuritgan. Dehqonchilikda esa eski qovun navlarini qayta yaratish, hosildorlikni oshirish kabi faoliyat bilan ham shugʻullangan. 1996—2007-yilarda Buxoro jamoa xoʻjaligi lavozimida faoliyat yuritgan[2].

1996-yil „Shuhrat medali“, 2002-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan. Uch bora Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylangan.

Fermer bir qator xayriya ishlari bilan ham shugʻullanib keladi.

2004—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv masalalari va ekolo­giya qoʻmitasi aʼzosi sifatida faoliyat olib borgan. 2004-yildan Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi deputati sifatida ishlab kelmoqda[3].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali. Bir oʻgʻil, toʻrt qizning otasi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. 1996-yil – „Shuhrat medali“,

2. 2009-yil – Vatan mustaqilligini mustahkamlash, jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik qahramonona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi uchun – „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni[4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Qahramonlarining roʻyxati

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216 bet. 11-avgust 2023-yilda qaraldi. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 23-avgustdagi „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvonini berish toʻgʻrisidagi farmoni“. Xalq soʻzi gazetasi, №177 (3005) 1-bet (2002-yil 24-avgust). 2024-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-iyun.
  2. 2,0 2,1 Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 86.
  3. Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 87.
  4. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 25.08.2009 yildagi PF-4131-son“. Lex.uz (2009-yil 25-avgust). Qaraldi: 28-dekabr 2023-yil.