Azim Mullaxonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Azim Mullaxonov
Tavalludi 17-fevral 1960-yil (1960-02-17) (64 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi Artist
Faoliyat yillari 1975-hozirgacha

Azim Mullaxonov'(1960-yil 17-fevral )- Oʻzbekiston va Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Azim Mullaxonov 1960-yil 17-fevral kuni Toshkent shahrida tugʻildi. Toshkent Davlat Sanʼat institutini tamomlagan. Xozirgi kungacha 3 ta albom tayyorladi. Bular "Kelmading", "Ota" va "Kechalar". Xonanda 60 dan ziyod qoʻshiqlarni ijro etgan. Azim Mullaxonov Oʻzbekistonda hamda Qozogʻistonda xizmat korsatgan artist unvonlariga sazovor boʻlgan.[1]

Ijodiy faoliyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Azim Mullaxonov 15 yoshida Muqimiy teatriga ovoz muhandisi sifatida ishga qabul qilingan. Keyinroq Oʻzbekiston xalq artisti Nabi Xalilov dirijyorligidagi orkestrda gitarachi boʻlgan. 1990-yili oʻtkazilgan Botir Zokirov nomidagi tanlovda oliy oʻrinni qoʻlga kiritga, Shaytanat (teleserial) uchun ijro etgan qoʻshig‘i tufayli xalq eʼtiboriga tushgan.

O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov Muqimiy teatriga direktor etib tayinlandi. Bu haqda 22-fevral kuni teatrda Oʻzbekiston madaniyat va turizm vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida yig‘ilishda maʼlum qilindi.

«O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov yig‘ilishni ochib, teatr san’ati oldida turgan ayrim masalalar va ularning yechimlari, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida fikrlashildi.

Shundan so‘ng, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov hamda teatr bosh rejissyori etib Doston Haqberdiyev tayinlanganligi rasman e’lon qilindi», deyiladi xabarda.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „AZIM MULLAXONOV“.
  2. „Azim Mullaxonov Muqimiy teatriga direktor bo‘ldi“ (15:23 / 22.02.2023).