Kontent qismiga oʻtish

Azimjon Qosimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Azimjon Qosimov1940-yil 19-sentyabrda Toshkentda tug‘ilgan.

Ilmıy faolıyatı

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1959-yilda Toshkentdagi 22-o‘rta ta’lim maktabini, 1965-yilda Qarshi tibbiyot bilim yurtini, 1971-yilda Toshkent Davlat Pedagogika institutining "Til va adabiyot" fakultetini tamomlagan. 1982 yilda “Dorishunoslik terminlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1971-1988 yillarda “Meditsina” nashriyotida muharrir vazifasida faoliyat yuritgan. 1988-2000 yillarda Til va adabiyot institutida tibbiyot terminologiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Uning shu sohaga bag‘ishlangan 50 ga yaqin ilmiy maqolalari, rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan 50 dan ziyod ilmiy ishlari e’lon qilingan.

“Ruscha-o‘zbekcha-lotincha farmatsevtik terminlar lug‘ati” (1990),
“Botanikadan qisqacha izohli lug‘at” (1990), 
“Ruscha-o‘zbekcha-lotincha dorivor o‘simliklar lug‘ati” (1992),
“Dorivor o‘simliklar” (1994), 
“Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha anatomik terminlar lug‘ati” (2006) 
“Tibbiyot xodimlari lug‘ati” (1998),
"4 jildlik “Tibbiy terminlar izohli lug‘ati” (2003, 2008) 
“Hayotim - saboqlarim” (2005, 2006, 2008),
“Mangu qalbimda u” (2006),
“Zavjam ruhiga maktublar” (2008, 2010, 2012),
“G‘o‘r yoshlar qismati” (2008), 
“Iztirob” (2010), 
“Hayotim” (2010), 
“Muborak haj taassurotlari” (2011),
“Hayot sinoatlari” (2011),
“Inson qismati” (2013)[1]


  1. „Azimjon Qosimov“. Ziyo.uz. Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.