Azimmurod Xoʻjayev
Qiyofa
Azimmurod Xoʻjayev (1909 – Samarqand – 1968) – koshinkor, kulol. Hunarni usta Gʻulomdan oʻrgangan. X. boshchilik qilgan ustaxona rejali ravishda qoplama sopol parchalarini tayyorlagan. Tillakori madrasaning burchak minorasiga sharafalar ishlagan; Amir Temur maqbarasi gumbazining aslini tiklab, koshinlar bilan bezagan (hamkorlikda); Buxorodagi Koʻkaldosh madrasasi, Mir Arab madrasasi, Turkiston (Qozogʻiston)dagi Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasi va boshqa obidalarni taʼmirlashda ishtirok etib, ular uchun koshinlar tayyorlagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |