Azimullaxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Azimullaxon (? – 1859.7.10, Bxutval) – ingliz mustamlakachilariga qarshi Hindistonda 1857–59 yillarda koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni rahbarlaridan biri. Kanpurdagi mak-tabda oʻqituvchi. Qoʻzgʻolon boshlanmasdan biroz ilgari Bitxur shahriga koʻchib kelib, Nana Sohib bilan tanishgan. U bilan birga Shimoliy Hindiston boʻylab safar qilib xalqni ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashga da’vat etgan. 1857-yil may – iyulda Kanpurdagi qoʻzgʻolonga rahbarlik qilgan. Inglizlar Kanpurni egallagach (17-iyul) Nana Sohib bilan Audga chekingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil