Azinlar
Qiyofa
Azinlar – tarkibida azot, ikki yoki undan koʻp sonli va turlicha jinsli atomlari boʻlgan olti hadli geterotsiklik birikmalar. Boshqa halqa tizimlari bilan kondensatlashgan juda koʻp Azinlar ma’lum, azinlar asos xossasiga ega boʻlib, kislotalar bilan ta’sirlanganda tuzlar hosil qiladi. Ba’zi azinlar tirik organizmlarda uchraydi. Hujayraning tarkibiy qismi boʻlgan nuklein kislotalarda azinlarning hosilalari — pirimidin va purin asoslari bor. Azinlar tibbiyotda va boʻyoq sanoatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |