Aziza Qurbonova
Aziza Abdusabitovna Qurbonova | |
---|---|
Tavalludi |
11-sentyabr 1988-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi |
Bakalavriat: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura: Oʻzbekiston milliy universiteti |
Kasbi | xalqaro jurnalist |
Faoliyat yillari | 2013-yildan hozirgacha |
Millati | oʻzbek |
Dini | islom |
Bolalari | 3 ta |
Mukofotlari |
Aziza Abdusabitovna Qurbonova (1988-yil 11-sentabr; Toshkent, OʻzSSR, SSSR) — taniqli oʻzbek jurnalisti va blogeri. Ijtimoiy tarmoqlardagi „Mikrofon koʻtargan ayol“ sahifalari blogeri sifatida tanilgan. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Yoshlar (2013 va 2014—2017), Bolajon (2013—2014) va Oʻzbekiston 24 (2017—2018) telekanallarida faoliyat yuritgan. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati Media-markazida ishlaydi. „Shuhrat“ medali sohibasi (2021)[1].
Aziza Qurbonova 2019-yilda Oʻzbekistonning OAV va internet tarmogʻidagi soʻnggi yillardagi jamoatchilik faollari Top-30taligi roʻyxatiga kiritilgan[2]. Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisining soʻzlariga koʻra, Aziza Qurbonova bir yil ichida yetakchi blogerlar qatoriga chiqib olgan[3].
Bolalik va yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aziza Qurbonova 1988-yil 11-sentyabrda Toshkentda tavallud topgan. Bolaligi Uchtepa tumanining Choʻponota mahallasida kechgan. Ota-onasining 4 farzandi boʻlib, Aziza 2-si, akasi va 2 ukasi bor. Oilada yolgʻiz qiz boʻlgan[4].
Aziza 4 yoshida unga alifboni tanitishgan. U paytda 1 yilda 2 ta sinfni bitirishga ruxsat boʻlgan. Aziza 6 yoshida 1-2-sinfni tugatib, keyingi yil 7 yoshida 3-sinfga chiqqan. Lekin oʻsha paytda oilasi boshqa joyga koʻchgani, yangi joyga moslashuvini hisobga olib, onasi uni 3-sinfda qayta oʻqitgan. Kichkinaligidan jurnalist boʻlishni orzu qilgan Aziza, 5-sinfdan televideniyega kelib, „Binafsha“ degan koʻrsatuvda qatnashib yuradi[4].
Aziza Qurbonova maktabni bitirgach dastlab Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida (2009) bakalavriat bosqichini, soʻngra Oʻzbekiston milliy universitetida (2011) magistratura bosqichini tamomlaydi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aziza Qurbonova professional faoliyatini 2013-yilda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida boshlaydi. Turli yillar Yoshlar (2013 va 2014—2017), Bolajon (2013—2014) va Oʻzbekiston 24 (2017—2018) telekanallarida faoliyat yuritadi.
Aziza Qurbonova 2018-yildan ijtimoiy tarmoqlarda „Mikrofon koʻtargan ayol“ blogini yurita boshlaydi. 2019-yilda Oʻzbekistonning OAV va internet tarmogʻidagi soʻnggi yillardagi jamoatchilik faollari Top-30taligi roʻyxatiga kiritiladi[2]. 2021-yildan blogda siyosiy mavzudagi yangiliklar chiqa boshlaydi. Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisining soʻzlariga koʻra, Aziza Qurbonova bir yil ichida yetakchi blogerlar qatoriga chiqib olgan[3].
2021-yilda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Aziza Qurbonovaga Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan „Shuhrat“ medali taqdim etildi[1].
Hozirda Aziza Qurbonova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati Media-markazi, Axborot tayyorlash guruhi Tahririyatida yetakchi mutaxassis boʻlib ishlayapti.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan kimlar taqdirlanadi?“. Uzreport.news (4-mart 2021-yil). Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Top-30: Qahramon Aslanov, Xushnud Xudoyberdiyev, Aziza Qurbonova va boshqalar“. Xabar.uz (23-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Olimjon Oʻsarov: Alisher Qodirovning „qovun“larini ham tahlil qilib koʻrishimiz kerak“. Rost24.uz (8-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „Islom Karimovga yozilgan xat, soʻm-kuponlar, 7 yoshda 3-sinf - bolalik xotiralari“. Kun.uz (1-iyun 2022-yil). Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.