Azor antitsikloni
Azor antitsikloni – Atlanti-ka okeanining Shimoliy yarim shardagi sub-tropik va tropik qismi ustidagi yuqori atmosfera bosimi oblasti. Markazi – 35-parallelda, Azor o.lari yaqinida. Azor antitsiklonining bir tarmogʻi qishda Saxroi Ka-birga, yezda esa Oʻrta dengizga va Janubiy Yevropaga kirib boradi. Azor antitsiklonining marka-zida bosim yanvarda 1022 mb dan yuqori, iyulda 1025 mb dan ziyod. Azor antitsikloni okeanning shu qismida butun yil davomida si-klonlarga nisbatan antitsiklonlarning koʻp boʻlib turishidan vujudga keladi. Azor antitsikloni Shimoliy Tinch okean antitsikloni bilan Shimoliy yarim shardagi dengiz tropik havo massalarining markazi hisoblanadi. Bu havo massalarining Atlantika qutbiy frontida qutb havo massalari bilan oʻzaro toʻqnashishi natijasida okean ustida koʻplab siklonlar vujudga keladi, bu esa Yevropa ob-havosi va iqlimiga katta ta’sir koʻrsatadi. Azor antitsiklonining ichki qismida bulut kam, havo quruq boʻladi. Azor antitsiklonining ancha quyi kengliklarida, ekvatorga yaqin joylarida Shimoliy Atlantika passat sha-mollari esib turadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |