Azot muvozanati
Azot muvozanati – organizmga bir kecha-kunduzda ovqat tarkibida kirgan azot bilan undan tashqariga chiqqan (siydik va najas bilan) umumiy azot ora-sidagi farq. Voyaga yetgan organizmning normal holatida Azot muvozanati mavjud. Oʻsayotgan yosh organizm musbat Azot muvozanatiga ega, ya’ni uning tashqariga chiqarayotgan azoti qabul qilgan azotidan kam. Yetilgan kat-ta organizm toʻla Azot muvozanatida boʻladi, ya’ni bir kecha-kunduzda kabul qilingan azot miqdori tashqariga chiqarilgan azot miqdoriga teng boʻladi. Manfiy Azot muvozanati ovqat bilan qabul qilingan azot yetishma-ganda, ayniqsa ayrim aminokislotalar ovqatda yetarli boʻlmaganda, ba’zi kasalliklarda kuzatiladi. Bunda tashqariga chiqarilgan umumiy azot ovqat bilan qabul qilingan azotdan ortiq boʻladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |