Bülent Korkmaz
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Bülent Korkmaz | ||
Tavallud sanasi | 24-noyabr 1968-yil | ||
Tavallud joyi | Malatya, Turkiya | ||
Boʻyi | 5 ft 11 in (1.80 m) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Çaykur Rizespor (Murabbiy) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1979—1985 | Galatasaray | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1987—2005 | Galatasaray | 430 | (15) |
Milliy terma jamoa | |||
1988 | Turkiya U21 | 3 | (0) |
1990—2005 | Turkiya | 102 | (3) |
Boshqargan klublari | |||
2006 | Kayseri Erciyesspor | ||
2007 | Bursaspor | ||
2007—2008 | Gençlerbirliği | ||
2009 | Galatasaray | ||
2009—2010 | Baku | ||
2011—2012 | Karabükspor | ||
2012—2013 | İstanbul Büyükşehir Belediyespor | ||
2014—2015 | Kayseri Erciyesspor | ||
2015—2016 | Mersin İdman Yurdu | ||
2018—2019 | Antalyaspor | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Bülent Korkmaz (1968-yil 24-noyabrda tugʻilgan), xalq tilida „Buyuk Kaptan“[1][2] va „Cengaver“[3][4] (Jangchi) laqablari bilan tanilgan. Turkiyaning sobiq professional futbolchisi va Turkiya Superligasining „Çaykur Rizespor“ klubining hozirgi murabbiyi.
Korkmaz klubdagi faoliyati davomida faqatgina bir klub safida harakat qilgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi[5]. 1987-yildan 2005-yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida butun faoliyati davomida „Galatasaroy“ safida markaziy himoyachi sifatida oʻynagan, 8 ta Superliga, 6 ta Turkiya kubogi, 5 ta Turkiya Superkubogi gʻolibi boʻlgan. UEFA kubogi va 1 ta UEFA Superkubogi sovrindori[5][6][7].
U Yevropa klublari musobaqalarida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan tarixdagi 13-futbolchi hisoblanadi.
Korkmaz Turkiya milliy terma jamoasida 102 marta maydonga tushgan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Korkmaz faoliyatini 1979-yilda Galatasaray Futbol Akademiyasida darvozabon sifatida boshlagan. U yosh murabbiyining maslahatiga binoan maydondagi rolini himoyachiga oʻzgartirgan. Unga 16 yoshida Germaniyaning „Bayer Leverkuzen“ klubi tomonidan professional shartnoma taklif qilingan, ammo u Galatasaroyda qolishni afzal koʻrgan va 1987-yilda u asosiy jamoaga qoʻshilgan.
Korkmaz 1988—1989-yilgi UEFA Yevropa kubogining yarim finaliga qadar yetib borgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri edi. 2000-yilda Galatasaroy va Arsenal oʻrtasidagi UEFA kubogi finalida u yelkasi chiqib ketdi, ammo Korkmaz oʻyinni tark etishni rad etgan va oʻyinni oxirigacha davom ettirgan. Oʻyinda Galatasaroy qoʻshimcha vaqtdan keyin kubokni qoʻlga kiritgan. Ammo jarohat tufayli Korkmaz UEFA Yevro 2000 musobaqasini oʻtkazib yuborgan[8].
Korkmaz 2001-yil 3-yanvarda Yokogama xalqaro stadionida boʻlib oʻtgan „World Dream“ futbol koʻrgazmasida 2002-yilgi Jahon chempionati mezboni „Yaponiya va Koreya XI“ga qarshi „FIFA XI“ jamoasiga taklif qilingan[9].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Korkmaz 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan va 2003-yilda FIFA Konfederatsiyalar kubogida ham xuddi shunday yakuniy oʻrinni egallagan Turkiya terma jamoasi tarkibida boʻlgan. Korkmaz YEVRO 96da Turkiya sharafini himoya qilgan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yilning 30-avgustida Korkmaz „Gençlerbirliği SK“ klubiga[10] murabbiy yordamchisi etib tayinlangan va oʻsha mavsumda isteʼfoga chiqgan. 2007-yilning yanvarida u Kayseri Erciyessporda bosh murabbiy sifatida shartnoma imzolagan. Korkmaz boshqaruvida Kayseri Erciyesspor 2006\07-yilgi mavsumda Turkiya kubogi finaliga qadar yetib borgan va „Beshiktosh“ga 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan. Chempionatda 17-oʻrinni egallab, mavsum oxirida quyi ligaga tushib ketgan.
2009-yilning 23-fevralida Michael Skibbe ketganidan soʻng Korkmaz „Galatasaroy“ bosh murabbiyi etib tayinlangan[11]. 15 ta rasmiy oʻyindan 7 tasida gʻalaba qozonib, 2009-yil iyun oyida klub tomonidan ishdan boʻshatilgan[12].
2011-yilning 8-noyabrida Yücel Ildiz isteʼfoga chiqarilganidan soʻng, Korkmaz „Karabükspor“ga bosh murabbiy sifatida qoʻshilgan[13]. Jamoani turnir jadvalining 16-pogʻonasidaligida qabul qilib olib mavsumni 12-oʻrinda yakunlashga muvaffaq boʻlgan, bu esa quyi ligaga tushib ketmaslik uchun yetarli boʻlgan. Oʻsha mavsumda „Karabükspor“ klubi tarixida ilk bor 2011\12 yilgi Turkiya kubogida yarim finalga qadar yetib borgan.
2012-yilning 13-noyabrida Korkmaz „Istanbul Büyükshehir Belediyespor“da Karlos Karvalhal oʻrniga murabbiylik kursisini egallagan[14]. Uning shartnomasi 2013-yil 30-mayda jamoasi quyi ligaga tushib ketganidan soʻng oʻzaro bekor qilingan[15].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Korkmaz 1968-yilda Malatyada tugʻilgan. Uning ukasi Mert Korkmaz (1971-yilda tugʻilgan) ham sobiq professional futbolchi, shuningdek, „Galatasaroy“da oʻynagan va Turkiya terma jamoasida 5 marta maydonga tushgan. Korkmaz oilali, 2 ta qizi bor.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Turkiya kubogi | Boshqa | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Galatasaray | 1987-88 | 1. Lig | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | 2 | 0 | |
1988-89 | 10 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 7 | 0 | 20 | 0 | ||
1989-90 | 21 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 25 | 0 | ||
1990-91 | 30 | 2 | 4 | 0 | 2 | 0 | — | 36 | 2 | |||
1991-92 | 27 | 3 | 2 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 | 36 | 3 | ||
1992-93 | 29 | 1 | 6 | 0 | 3 | 0 | 5 | 0 | 43 | 1 | ||
1993-94 | 30 | 1 | 5 | 1 | 3 | 0 | 9 | 0 | 47 | 2 | ||
1994-95 | 31 | 1 | 6 | 1 | 2 | 0 | 8 | 0 | 47 | 2 | ||
1995-96 | 29 | 0 | 6 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 39 | 0 | ||
1996-97 | 32 | 2 | 1 | 1 | 2 | 0 | 4 | 0 | 39 | 3 | ||
1997-98 | 29 | 1 | 7 | 0 | 2 | 0 | 8 | 0 | 46 | 1 | ||
1998-99 | 21 | 1 | 6 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 30 | 1 | ||
1999-00 | 22 | 0 | 3 | 1 | 0 | 0 | 8 | 0 | 33 | 1 | ||
2000-01 | 27 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 15 | 1 | 44 | 1 | ||
2001-02 | Süper Lig | 26 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 12 | 0 | 38 | 3 | |
2002-03 | 30 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 38 | 1 | ||
2003-04 | 23 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 29 | 0 | ||
2004-05 | 13 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 0 | ||
Karyerada jami | 430 | 15 | 52 | 4 | 26 | 0 | 102 | 1 | 610 | 20 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Turkiya | 1990 | 2 | 0 |
1991 | 8 | 0 | |
1992 | 8 | 0 | |
1993 | 6 | 1 | |
1994 | 7 | 1 | |
1995 | 11 | 0 | |
1996 | 9 | 0 | |
1997 | 4 | 0 | |
1998 | 0 | 0 | |
1999 | 0 | 0 | |
2000 | 5 | 0 | |
2001 | 4 | 0 | |
2002 | 15 | 1 | |
2003 | 14 | 0 | |
2004 | 7 | 0 | |
2005 | 2 | 0 | |
Jami | 102 | 3 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- FIFA Jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2002[16][17][18]
- FIFA Konfederatsiyalar kubogi uchinchi oʻrin: 2003-yil
Galatasaroy
- UEFA kubogi : 1999-2000[19]
- UEFA Superkubogi : 2000[20]
- Superliga (8):[21] 1987-88, 1992-93, 1993-94, 1996-97, 1997-98, 1998-99, 1999-00, 2001-02
- Turkiya Kubogi (6):[21] 1990-91, 1992-93, 1995-96, 1998-99, 1999-2000, 2004-05
- TFF Super Kubok : 1988, 1991, 1993, 1996, 1997
- Kansler kubogi : 1990, 1995
- TSYD kubogi (6):[22] 1987-88, 1991-92, 1992-93, 1997-98, 1998-99, 1999-2000
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"Büyük Kaptan" 2.galibiyet peşinde“ (turkcha). TRT Spor (1-oktabr 2014-yil). 2019-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2015-yil.
- ↑ „Galatasaray Dergisi’nin 206. sayısı GS Store’larda satışta“ (Tr). Galatasaray S.K. (15-yanvar 2021-yil). 19-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil. „Galatasaray tarihinin önemli simgelerinden biri olmayı hak eden, tekmeye kafa uzatan adam, hırsı, çalışkanlığı ve korkusuzluğu ile hafızalarımıza kazınan ʻBüyük Kaptan’ Bülent Korkmaz’ın Galatasaray ve milli takım kariyerinde elde ettiği başarılarının hikayesi yeni sayıda…“.
- ↑ Uzel, Nihat. „Futbol tarihinin bayrak oyuncuları! Lionel messi, Bülent Korkmaz ve daha fazlası...“ (Tr). Fanatik (30-iyun 2020-yil). 19-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
- ↑ Kelly, James. „Bülent Korkmaz: The One-club Warrior who became an idol at Galatasaray“ (En). These Football Times (18-oktabr 2017-yil). 19-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil. „It comes as no surprise that this man is known as Cengaver – ʻWarrior’ – to his adoring fans.“.
- ↑ 5,0 5,1 „Snap shot: Galatasaray win historic UEFA Cup“. UEFA (17-may 2015-yil). Qaraldi: 19-may 2015-yil.
- ↑ „Happy Birthday to you!“. FIFA (26-sentabr 2014-yil), s. 6. 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2015-yil.
- ↑ „Bülent Korkmaz Teknik Direktör“. FIFA. Qaraldi: 21-may 2015-yil.
- ↑ Galatasaray stars in Turkey squad
- ↑ „FIFA XI´s Matches - Full Info“ (Tr). RSSSF (23-dekabr 2020-yil). 14-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.
- ↑ Gençlerbirliği go for Bülent
- ↑ „Bülent Korkmaz Sözleşme İmzaladı“ (Tr). Galatasaray S.K. (24-fevral 2009-yil). 19-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil. „Galatasaray'ın yeni teknik direktörü Bülent Korkmaz, bugün Florya Metin Oktay Tesisleri Turgay Vardar Basın Odası'nda Başkan Adnan Polat'ın katıldığı imza töreninde resmi sözleşmeyi imzaladı.“.
- ↑ Çetinçalı, Kadir. „Bülent Korkmaz gönderildi“ (Tr). Hürriyet. 22-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Bülent Korkmaz ıle Prensipte Anlaşmaya Varılmıştır“. Karabükspor Official Website. 12-noyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2011-yil.
- ↑ „Bülent Korkmaz ile İBB anlaştı“. Sonsayfa Internet Newspaper Website. Qaraldi: 13-noyabr 2012-yil.
- ↑ „İBB ile Bülent Korkmaz'ın yolları ayrıldı“. Samanyolu Haber TV News Channel Website. Qaraldi: 30-may 2013-yil.
- ↑ Crouch, Terry. The World Cup - The Complete History. Great Britain: Aurum Press Ltd, 2002 — 548-bet. ISBN 1845131495.
- ↑ „2002 FIFA World Cup Korea/Japan™“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
- ↑ „Korea Republic 2 – 3 Turkey“ (En). FIFA. 8-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
- ↑ „Galatasaray-Arsenal 1999 History UEFA Europa League UEFA.com“ (En). UEFA. 23-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-oktabr 2021-yil.
- ↑ „2000 Super Cup: Jardel doubles up for Galatasaray UEFA Super Cup“ (En). UEFA. 23-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-oktabr 2021-yil.
- ↑ 21,0 21,1 „Kupa Beyi: Bülent Korkmaz“ (Tr). Galatasaray S.K. (24-may 2016-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil. „Efsaneler Suat Kaya ve Hakan Şükür gibi ligde 8 kez şampiyonluk yaşayan Bülent Korkmaz, Türkiye Kupası'nde sarı-kırmızılı formayla en çok kupa kazanan isim konumunda. 1988-89 sezonunda sahneye çıkan “Cesuryürek” sırasıyla 1991, 1993, 1996, 1999, 2000 ve 2005 yıllarında 6 kez sarı-kırmızılı formayla kupayı kaldırdı...“.
- ↑ „TSYD Kupası“ (Tr). Galatasaray S.K.. 23-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2021-yil.
- 24-noyabrda tugʻilganlar
- 1968-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Turkiyalik erkak futbolchilari
- FIFA erkaklar markaziy klubi
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- UEFA Yevro 1996 oʻyinchilari
- Turkiya Super Ligasi futbolchilari
- Galatasaray S.K. futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar